• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Frenk Lempard Xosep Gvardiolaga qarshi. “Chelsi”—“Manchester Siti” uchrashuvi haqida

    Angliya Premyer Ligasi 31-turining markaziy uchrashuvida 25-iyun, payshanba kuni “Manchester Siti” va “Chelsi” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Frenk Lempard shogirdlari o‘z maydonida Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoani qabul qilib, kim kuchliroq ekaniga aniqlik kiritishga harakat qilib ko‘radi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Mazkur uchrashuv oldidan “Manchester Siti”ning kayfiyati a’lo darajada. Boisi jamoa restartni ajoyib tarzda boshladi. Pep Gvardiola shogirdlari tanaffusdan keyin “Arsenal” (3:0) va “Byornli”ni (5:0) yanchib tashladi. Ushbu natijalarni qoyilmaqom deb baholash ham mumkin, chunki “shaharliklar” so‘nggi o‘yinini 8-mart sanasida o‘tkazgandi. Bu yerda murabbiylar shtabining katta hajmdagi ishni amalga oshirganini ta’kidlab o‘tish darkor. Agar ushbu tendensiya davom etadigan bo‘lsa, “Manchester Siti” Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumida g‘alaba qozonish uchun asosiy favoritlardan biriga aylanishi, shubhasiz.

    “Chelsi” haqida gap ketganda esa, Frenk Lempard jamoasi bitta o‘yin o‘tkazib, unda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa “Aston Villa” maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida g‘alaba bilan ortga qaytdi. Bellashuvda dastlab “ko‘klar” imkoniyatni boy berayotgandi, biroq ikkinchi bo‘limda jamoa ikki daqiqada ichida ikkita gol urdi. Va bu uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘ldi.

    Gvardiola “Chelsi”ga qarshi o‘yinda “Arsenal” va “Byornli”ga qarshi harakat qilgan tarkibga biroz o‘zgartirish kiritishi mumkinligini istisno qilmadi. Ispaniyalik mutaxassis e’tiborning katta qismini Angliya Kubogiga (“Nyukasl” bilan o‘yinga) qaratmoqchi. Gvardiola uchun bu o‘yin finalga teng.

    O‘yinning ahamiyatini oshirib beradigan yana bir jihat shundaki, agar “Chelsi” “Manchester Siti”dan ochko oladigan bo‘lsa, “Liverpul” 31-turning o‘zidayoq chempionlikni tantana qilishi mumkin. London klubining mag‘lubiyatdan boshqa har qanday natijasi “Liverpul”ga 30 yil kutilgan chempionlikni taqdim etadi.

    Mazkur o‘yinda “Chelsi”ga Fikayo Tomori (jarohat) va Kallum Hadson-Odoi (sport formasida emas) yordam bera olmasa, “Manchester Siti”da Serxio Aguero jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi.

    Eslatib o‘tamiz, tomonlarning birinchi davradagi uchrashuvida “Manchester Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

    O‘yinga oid qiziq faktlar:

    • “Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasida o‘tkazilgan so‘nggi 7 o‘yinning oxirgi 5 tasida birorta ham gol o‘tkazib yubormagan
    • “Chelsi” Angliya chempionatidagi 7 uchrashuvning 6 tasida kamida 2 tadan gol urgan.
    • Premyer Liganing boshqa birorta jamoasi “Manchester Siti”ni “Chelsi” kabi ko‘p marta mag‘lubiyatga uchratmagan (25)
    • Ushbu uchrashuv “Manchester Siti” va “Chelsi” o‘rtasidagi payshanba kuni bo‘lib o‘tayotgan ikkinchi bahs hisoblanadi (ichki chempionat doirasida jamoalar jami 150 o‘yin o‘tkazgan) Birinchi o‘yin 1935-yilda “Chelsi”ning g‘alabasi (2:1) yakunlangan.
    Ikkala jamoa o‘rtasidagi jami to‘qnashuvlar statistikasi
    • 162 ta uchrashuv
    • “Chelsi”da — 65 ta g‘alaba
    • “Manchester Siti”da — 57 ta g‘alaba
    • 40 ta durang
    • “Chelsi” — 221 ta gol urgan
    • “Manchester Siti” — 208 ta gol urgan
    • “Chelsi”ning eng yirik g‘alabasi — 6:0
    • “Manchester Siti”ning eng yirik g‘alabasi: 6:0
    • Eng sermahsul o‘yinlar: 6:3, 4:5
    • Eng sermahsul durang: 4:4
    Taxminiy tarkiblar:

    “Chelsi”: Kepa — Ryudiger, Kristensen, Alonso, Aspilikueta — Jorjinyo, Kante, Kovachich — Pulishich, Jiru, Villian

    “Manchester Siti”: Ederson — Uoker, Fernandinyo, Lyaport, Mendi — de Bryuyne, Rodri, Gundo‘g‘an — Sterling, Jezus, Foden

    Murabbiylar o‘yin oldidan qanday fikrda?

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Bizning qiladigan ishlarimiz bor. Vazifamiz — so‘nggi bir necha mavsumda dunyoning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lib turgan jamoa bilan kurashish va ijobiy natijaga erishishga harakat qilishdir.Frenk Lempard “Chelsi” ustozi

    Foto: Sky Sports

    Foto: Sky Sports
    Tarkibimiz futbolchilarning maydonda qancha vaqt o‘tkazganiga va ularning jismoniy holatiga bog‘liq. Biz “Chelsi” bilan bo‘ladigan uchrashuvdan oldinroqqa qarayapmiz. Jamoamiz hali ham har uch kunda 90 daqiqadan o‘ynashga tayyor emas.

    Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bosh murabbiyi

    APL

    31-tur bahsi

    25-iyundan (payshanba) 26-iyunga (juma) o‘tar kechasi 00:15 da

    “Chelsi” – “Manchester Siti”.

    25.06.2020, 20:08   Izoh (0)   17111
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Serxio Ramos La Ligada shaxsiy rekordini o‘rnatdi

    25.06.2020, 19:30

    Konor Makgregor Habib Nurmagomedov bilan revansh jangiga ega bo‘lishi uchun nima qilishi kerakligi aytildi

    25.06.2020, 19:01

    “Yuventus” va “Manchester Yunayted” Raul Ximenes uchun kurashadi. Uning narxi 100 mln yevro

    25.06.2020, 18:05

    Zinedin Zidan hakamlik haqida: “Ramos hammasini aytib bo‘ldi. Men bunga aralashmayman”

    25.06.2020, 17:19

    Uesli Sneyder: “Real”daligimda aroq shishasi eng yaqin do‘stimga aylanib qolgandi

    25.06.2020, 16:41

    “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL tarixiga kirdi

    25.06.2020, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.