Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 31-turidan o‘rin olgan “Malyorka”ga qarshi kechgan uchrashuv (2:0) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bizga barqarorlik kerak. Bu futboldagi eng muhim jihatdir. Rangbaranglik ham yetishmadi, biroq himoyada ishonchli harakat qildik.
Boshqa o‘yinlarda biz ko‘proq vaziyatlar yaratardik, ammo bu g‘alaba qozonishimizga xalaqit bermadi. Bugun muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.
Ramos jarima zarbasidan ajoyib gol urdi, u jarima zarbalarini tepishga alohida e’tibor beradi. U — bizning yetakchimiz, sardorimiz va doimo jamoani ortidan ergashtira oladi.
Ishonamanki, chempionlik poygasi oxirigacha qiyin kechadi.
Hakamlar mavzusiga kelsak, men bunga aralashmayman. Ramos bu haqda hamma narsani aytib bo‘ldi. Hozir biz dam olishimiz va keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak”, — deydi Zidan.
Mavzuga doir: Serxio Ramos “Real” va hakamlar haqida: “Odamlar kamroq bo‘lmag‘ur narsalarni o‘ylab topishi kerak”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)