Futbol bo‘yicha Togo chempionatining eng yaxshi hujumchilaridan biri Kossi Kudagba 24 yoshida vafot etdi, deb yozmoqda Sport24.
So‘nggi ikki mavsum “Kara” sharafini himoya qilib, Togo chempionatining eng yaxshi hujumchisi nomiga sazovor bo‘lgan Kudagba bezgak kasalligidan vafot etgan.
24 yoshli Kossi koronavirus pandemiyasi sabab vujudga kelgan tanaffus vaqtida Kara shahrini tark etib, qarindoshlarining yonida bo‘lish uchun o‘zi tug‘ilib o‘sgan mamlakat shimolidagi Devyega yo‘l olgan. U yerda esa futbolchi bezgak kasalligi sabab dunyodan ko‘z yumgan.
Kudagba 2019-yil Togo milliy jamoasi safida debyut qilgan va hozirga qadar uchta o‘yinda maydonga tushgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)