• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    PFL “Buxoro” klubida rahbariyat o‘zgarishi yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi. Tashkilot klubning yangi direktorini ro‘yxatdan o‘tkazmadi

    O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) “Buxoro” va “Dinamo” futbol klublarida direktorlar almashinuvi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

    Foto: PFL

    Foto: PFL

    Ta’kidlanishicha, “Buxoro” futbol klubi direktori Jamshid Botirovning ishdan olinib, uning o‘rniga Alisher Rustamovning tayinlangani qonun-qoidalar doirasida bo‘lmagani sababli PFL ushbu almashinuvni ro‘yxatdan o‘tkazmagan.

    “Futbol klubi ustavining (2013-yil 22-martda 148-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 15.2-bandiga muvofiq futbol klubi direktori ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi belgilangan. Shuningdek, mazkur Ustavning 1.2-bandida futbol klubining ta’sischilari sifatida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Buxoro shahar hokimligi qayd etilgan.

    Aniqlanishicha, 2020-yilning 5-iyun kuni futbol klubi ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi bayoni rasmiylashtirilgan. Mazkur umumiy yig‘ilish bayonining rasmiylashtirilishida ‘Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining  35-moddasi talablari buzilgan. Jumladan, bayonnomada ishtirok etganlar (to‘liq bo‘lmagan), kun tartibidagi masala va qaror qismi yozilgan bo‘lsa-da, bayon qismi — umumiy yig‘ilish ishtirokchilarning aytgan gaplari, bergan ovozlari, bildirgan taklif va fikrlari — qaror qilishga yetarlicha asos mavjud emasligini ko‘rsatadi.

    Yig‘ilishda Buxoro shahar hokimi O‘tkir Jumayev, Buxoro viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Mirzayevlar qatnashgani bayon etilgan. Biroq yig‘ilish bayonida futbol klubining yana bir ta’sischisi — Buxoro neftni qayta ishlash zavodining vakolatli vakili ishtirok etgani to‘g‘risida birorta ham so‘z bormagan. Bundan tashqari, bayonnomani kim bayonlashtirgani, ya’ni umumiy yig‘ilish kotibi kim ekanligi, uning ismi-sharifi biror joyda ko‘rsatilmagan. Qo‘shimchasiga futbol klubining amaldagi direktori Jamshid Botirov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qanday asoslarga (o‘z arizasi yoki boshqa sabablar) ko‘ra bekor qilingani ham  qayd etilmagan.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, futbol klubi ta’sischilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish va yig‘ilish bayonini rasmiylashtirish tartibiga rioya qilinmaganini ko‘rish mumkin. Shundan kelib chiqib PFL futbol klubiga yangi direktor tayinlanishida huquqiy jihatdan xatoga yo‘l qo‘yilgani yuzasidan “Buxoro” futbol klubiga hamda uning ta’sischilariga rasmiy xat yuborgan. PFL klubga kim direktor etib tayinlanishi masalasiga aralashmaydi. Ammo tayinlanish jarayoni qonun-qoidalar asosida o‘tishi tarafdori. Bu masalalar qonun doirasida hal etilmaguniga qadar, PFL yangi direktorni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

    Bundan tashqari, PFL “Dinamo plyus” futbol klubidagi rahbariyat almashinuvi borasida ham surishtiruv o‘tkazgan. Unga ko‘ra, PFL klubga direktor etib tayinlangan Uchqun Qobilovni tegishli qoidalarga asosan klub direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

    “2020-yilning 12-iyun kuni Samarqand shahar hokimligi, Samarqand viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasidan  vakil ishtirok etgan yig‘ilishda “Dinamo plyus” PFKning  amaldagi bosh menejeri (direktori) Ilhom Sharipov ishdan olinib, uning o‘rniga Uchqun Qobilov futbol klubining yangi  direktori sifatida tanishtirilgan.

    Aniqlanishicha, 2020-yilning 12-iyun kuni Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov tomonidan futbol klubiga yangi direktor tayinlash bo‘yicha “Dinamo plyus” PFK MJChning umumiy yig‘ilishi bayoni rasmiylashtirilgan. Mazkur umumiy yig‘ilish bayoni asosida futbol klubiga yangi direktor tayinlash noto‘g‘ri ekanligi yuzasidan PFL futbol klubi rahbariyatiga ma’lumot taqdim  etdi. Shundan keyin 2020-yilning 19-iyun kuni “Dinamo plyus” futbol klubining ayni vaqtdagi yagona ta’sischisi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi nomidan agentlikning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Mahmaraimov raisligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Jamiyatning yagona ta’sischisi qarori bilan Uchqun Qobilov futbol klubi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-apreldagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  356-sonli qaroriga asosan, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ijroiya organi rahbari va rahbar o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlarni ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri yoki uning tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda amalga oshirilishi belgilangan. Shu sababli futbol klubi direktori lavozimiga taklif etilgan nomzod Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgunga qadar direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanishi maqsadga muvofiqligi bildirilgan. Shundan kelib chiqib, PFL Uchqun Qobilovni “Dinamo plyus” futbol klubi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi”, — deyiladi bayonotda.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    22.06.2020, 21:50   Izoh (0)   30285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Serxio Ramos jarohat oldi

    22.06.2020, 21:30

    Mayk Tayson UFC chempioni Jon Jonsni jangga chorladi

    22.06.2020, 20:22

    Jeymi Karrager “Liverpul” hujum triosining asosiy kamchiligi nimada ekanligini aytdi

    22.06.2020, 18:04

    Shirshovdan Geynrixgacha. Aziz Haydarov talqiniga ko‘ra O‘zbekiston ramziy terma jamoasi

    22.06.2020, 17:04

    Yurgen Klopp: “Everton”ga qarshi bahs shiddatli bo‘ldi, biroq o‘yinda futbol kam edi

    22.06.2020, 15:01

    Superliga 6-tur uchrashuvlari boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

    22.06.2020, 14:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oylik 2,2 ming yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif etilmoqda

    O‘zbekiston | 10 avgust, 12:45

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31

    O‘zbekistonda malakasini oshirmoqchi bo‘lganlarga “kasb vaucheri” beriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 08:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.