• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Vazirlar Mahkamasiga kirgan viruslar, Ichki ishlar va Adobe Photoshop, birinchi ayol elchi

    Xabarlarimiz sarlavhada tilga olingan  asosiy muhokamali mavzularni qamrab oladi. Va nafaqat bular, boshqa dolzarb xabarlarimiz ham bor. Dayjestimizni boshladik.

    O‘zbekistonda gender tengligini mustahkamlash borasida yana bir qadam bosildi. Feruza Mahmudova O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Senat raisasi Tanzila Norboyeva shu kunga qadar O‘zbekistonda 130 dan ziyod xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgan bo‘lsa, hali birorta ayol elchi tayinlanmaganini ta’kidladi. Tashqi ishlar vaziri Ilhom Ne’matov Mahmudovaning nomzodini senatorlarga tanishtirarkan, “bugun O‘zbekistonning mustaqil diplomatiyasi tarixida ilk bor elchi lavozimiga hurmatli ayollarimiz orasidan nomzod taqdim etildi”, dedi.

    Elchi Gulnora Karimova Ispaniya qiroli Xuan Karlos qabulida.

    Elchi Gulnora Karimova Ispaniya qiroli Xuan Karlos qabulida.
    Foto: “Daryo”

    Biroq Mahmudova birinchi ayol elchi, deb aytilishi ko‘pchilikda taajjub uyg‘otdi. Chunki mustaqil O‘zbekistonning birinchi ayol elchisi Gulnora Karimovadir. U 2010—2011-yillarda O‘zbekistonning Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan. U 2010-yil 18-mart kuni Madriddagi Qirollik saroyida qirol Xuan Karlosga ishonch yorliqlarini topshirgan. Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Karimova xonimning elchiligi 2011-yil oktabriga qadar davom etgan.

    * * *

    O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida 2020-yilning 1 avgustidan “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi. Bu rejim Xalqaro havo transporti uyushmasi IATA’ning “Qish 2022/2023” mavsumi yakunigacha ikki yil muddatga uni uzaytirish yoki shartlarni o‘zgartirish imkoniyati bilan joriy qilinadi. Mazkur rejim O‘zbekistonning Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy, Urganch, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand shahridagi aeroportlarda “beshinchi havo erkinligi” huquqini qo‘llagan holda joriy qilinadi.

    Foto: “Daryo”

    Mazkur rejimga muvofiq, Navoiy va Termiz shahridagi aeroportlarda xorijiy aviakompaniyalarga yuk tashish parvozlarini amalga oshirish uchun “yettinchi havo erkinligi”ga qadar bo‘lgan huquqlar beriladi. “Yettinchi havo erkinligi” ro‘yxatga olingan mamlakatidan qat’i nazar har qanday xorijiy aviakompaniyaga har qanday chastotada parvozlarni amalga oshirish huquqini beradi.

    * * *

    Ikki haftadirki, Ichki ishlar xodimlari trenddan tushmayapti. Goh jirkanch, goh kulgili ishlar sodir etib muhokama markazida turishibdi. Agar Toshkent shahar IIBB Yashnobod tumani bo‘limi Adobe Photoshop dasturini yaxshi biluvchi dizayner olganida yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qolishi mumkin edi. Ammo bunday bo‘lmadi. “Saxovat va ko‘mak” xayriyasida ishtirok etayotgan podpolkovnikning hisobot rasmlarida uning yuziga niqob rasmini chizib qo‘yishgani sezilib qoldi. Chunki uning ko‘zgudagi aksida niqobi yo‘q edi.

    Fotoshop.

    Fotoshop.
    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    Bu no‘noqlarcha qilingan montaj internetda chaqindek tarqaldi. Toshkent shahar IIBB tarqatgan suratlardan so‘ng esa niqob taqishni qoidalarini eng ko‘p buzadigan Yashnobod tumanida IIB boshlig‘i ham qoidabuzar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tibbiy niqob taqmagan fuqaroni mashinaga tiqishga tayyor militsiya xodimlarining o‘zi qoidaga rioya qilmasligi ommada taajjub uyg‘otdi va yuzlab izohlar yozildi.

    Shundan so‘ng Toshkent shahar IIBB salbiy izohlarning oldini olish maqsadida ba’zi suratlardagi niqoblar chizib qo‘yilganini tasdiqladi va buni xato sifatida tan oldi.

    O‘rni kelganda aytish kerakki, Senat raisasi Tanzila Norboyeva 19-iyun kuni “Yaxshiyam ijtimoiy tarmoqlar bor ekan, hozir bizga hamma masalalarni ochiq-oydin ko‘rsatib beryapti”, deya tarmoq yuzerlarini e’tirof etganicha bor. Chunki IIBchilarning uquvsiz fotomontajini fosh etishda tarmoq yuzerlari ancha-muncha faollik ko‘rsatdi.

    * * *

    Bu hafta koronavirus sezdirmasdan Vazirlar Mahkamasigacha kirib bordi. Payshanba kuni Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimi kasallikni yuqtirib olgani tasdiqlandi. Koronavirus ularda simptomlarsiz kechmoqda. Xodimlar shifokorlar nazoratiga olindi. Ular bilan ish jarayonida muloqotda bo‘lgan xodimlar ikki hafta muddatga karantinga o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi doimiy tartibda ishlamoqda.

    Foto: Telegram / @koronavirusinfouz

    Shuningdek, aholi orasidan ham koronavirusga chalinganlar chiqmoqda. Koronavirus Info kanali ularning manzili va ism-shariflari bosh harfini chop eta boshladi. Ta’kidlab o‘tamizki, aholi orasidagi yuqish holatlari birmuncha tashvishlidir. Chunki ular necha kishiga yuqtirgani aniq emas.

    Eng oxirgi xabarga ko‘ra, Ozbekistonda yana 43 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning bari karantin markazidagilardir. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6358 nafarga yetdi.

    * * *

    Andijonlik fuqaro A. Abdukarimovni Ichki ishlar xodimlari urib o‘ldirgani haqida avval xabar bergan edik. Bu fojia yuzasidan deputatlar Qodir Jo‘rayev va Rasul Kusherboyevlar fikr bildirib, aybdorlarni javobgarlikka tortishning o‘zi yetarli emasligini, Ichki ishlar vazirligi kechirim so‘rashi kerakligini aytdi. “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov hamda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz bu amalni qoraladi.

    Shundan so‘ng IIV rahbariyati, Andijon hokimligi va viloyat IIB vakillari vafot etgan fuqaroning oilasidan uzr so‘radi. Bu haqda 1991–2006-yillar davomida Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan, 2018-yil fevral oyidan buyon vazir maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Zokirjon Almatov gapirdi. “Afsus bilan aytaman, bizning xodimlar orasida ham o‘zini tuta olmaydigan, o‘z lavozimini o‘ylaydiganlar uchrab turadi. Yaqinda Andijonda bo‘lgan voqeani nadomat bilan gapiraman... Bir yigit ichki ishlar organlari xodimlari harakatining qurboni bo‘ldi. Bu xudbin, ichki ishlar xodimlarining nomiga dog‘ tushirgan odamlar kecha-yu kunduz ishlayotgan boshqa xodimlarning obro‘siga putur yetkazdi. Ular militsiyaga xoinlik qildi”, deb aytgan sobiq vazir.

    “Daryo”da qoling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling. Karantin talablariga rioya qiling.

    22.06.2020, 13:34   Izoh (0)   45812
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi bir haftalik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi

    22.06.2020, 11:45

    Andijon va Farg‘ona — “yashil”, Toshkent “sariq”ligicha qoldi. O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifadagi hududlar ro‘yxati yangilandi

    22.06.2020, 11:36

    Rossiyada koronavirusga chalingan toshkentlik deputat o‘z kechinmalari va chiqargan xulosalari bilan bo‘lishdi

    22.06.2020, 10:36

    O‘zbekistonga xorijdan qaytgan yana 43 fuqaroda koronavirus aniqlandi

    22.06.2020, 10:05

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Xalqaro jurnalist bo‘lishni juda xohlaganman”

    22.06.2020, 09:53

    O‘rta Chirchiq “qizil” hududga aylandi. Tumandagi 4 ta ichki ko‘chada harakatlanish taqiqlandi

    22.06.2020, 09:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 09:30

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30

    AQSHda migrantlarni joylashtirish uchun chodir shaharlar quriladi

    Dunyo | 20 iyul, 08:10

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.