• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Buvingizdek ko‘rinyapmanmi? Unda yetib oling!”. Gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina 45 yoshga to‘ldi

    Yettita yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan o‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 19-iyun kuni o‘zining 45 yoshini qarshi oldi.

    Ha, adashmadingiz. Hali ham faoliyatini davom ettirayotgan va Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlariga hozirlik ko‘rayotgan afsona 45 yoshga to‘ldi.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    Oksana 1991-yildan sobiq ittifoq terma jamoasida xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni boshlaydi. O‘sha yili Indianapolisdagi Jahon chempionatida ikkita oltin va bitta kumush medalga ega chiqqan Chusovitina Barselona—1992 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Olimpiya o‘yinlarida sportchi MDH terma jamoasi nomidan ishtirok etadi va jamoaviy bahslarda oltin medalga sazovor bo‘ladi. Aytgancha, o‘sha terma jamoaning deyarli barcha a’zolari bir necha yildan so‘ng gimnastika bilan xayrlashadi. Biroq buxorolik sportchi uchun bu uzun yo‘lning boshlanishi edi, xolos. Rossiyalik murabbiylar undagi salohiyatga ishonmadi va Oksana O‘zbekiston nomidan qatnashishga qaror qiladi. Ikkilik salto evaziga u turli musobaqalar sovrindoriga aylandi.

    Shundan so‘ng Oksana birin-ketin yozgi o‘yinlar ishtirokchisiga aylandi. OAV va sportchining faoliyatiga befarq bo‘lmaganlar mana 15-16 yildan buyon har Olimpiada oldidan bu Oksana uchun so‘nggisi ekanini ta’kidlab keladi, biroq sportchi har safar barcha taxminlarni yo‘qqa chiqarib, chorlovlarni qabul qilishdan charchamaydi.

    Mavzuga doir: Oksana Chusovitina Toshkentdagi jamoaviy karantin va Tokio Olimpiadasining qoldirilgani haqida

    Ha, Chusovitina Atalanta, Sidney va Afina Olimpiadalarida sovrindor bo‘la olmaydi. Undan keyin uning oilasida muammo paydo bo‘ladi. Sportchining o‘g‘li Alisher oqqon kasalligiga chalinadi. Bu xastalikni O‘zbekistonda davolab bo‘lmasligi sababli, oila Tokentdagi uyi va ikki mashinani sotib, Germaniyaga yo‘l oladi. Bu orada Oksananing turmush o‘rtog‘i, yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionatlari sovrindori, o‘zbekistonlik Bahodir Qurbonov sport bilan xayrlashadi. Chusovitina esa o‘g‘lini davolashga yordamlashni taklif qilgan “Kyoln” sport klubi taklifini qabul qiladi. Sportchi tez orada xalqaro maydonda Germaniya sharafini himoya qilishga rozi bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Pekin—2008 Olimpiadasida Germaniya nomidan qatnashgan Oksana o‘zining sevimli yo‘nalishi — tayanib sakrash bahslarida kumush medaliga ega chiqadi. O‘shanda 33 yoshli sportchini tomoshabinlar tik turgan holda olqishlagandi. Bir qarashda ketma-ket jarohatlar, har safar o‘z sog‘lig‘ini xatarga qo‘yishdan ko‘ra faoliyatni yakunlash vaqti kelgandek ko‘rinardi. Biroq ikki yelkasi va oyog‘idan olgan jarohati sabab operatsiyani boshdan kechirgan Chusovitina to‘xtash nimaligini bilmaydi va London—2012 Olimpiadasiga yo‘l oladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Braziliyadagi Olimpiya o‘yinlaridan avval Oksana yana fuqaroligini almashtiradi va O‘zbekiston nomidan Rioga yo‘l oladi. O‘sha vaqtda sportchi qarorini quyidagicha izohlagandi: “Tug‘ilib o‘sgan yurtim uchun medal keltirishni xohlayman”. Va u o‘z orzusiga juda yaqin keladi, birinchi urinishning yakuniy qismini muvaffaqiyali yakunlay olganida, sportchi medalga ega chiqishi mumkin edi. Biroq ozgina omad yetishmaydi. O‘sha vaqtda u 40 yoshda edi.

    “Buning siri nimada?” — ko‘plab jurnalist va muxlislar tomonidan beriladigan savol. “Hech qanday sir yo‘q. Shunchaki hech kim gimnastikada bu qadar ko‘p qolishga urinib ko‘rmagan. Har kuni o‘zimga maqsad qo‘yaman. Meni hech kim majburlamaydi. Bu qiziqish: uddalay olamanmi yoki yo‘q”, — deya kamtarona javob beradi Chusovitina.

    Uning katta yoshli insonlarga xos bo‘lmagan harakatlari (ko‘plab yoshlar bunday elementlarni bajara olmaydi) va mashqlar paytida o‘zini tutishiga qarab, bu haqiqatda unga quvonch ulashayotganini tushunasan.

    Chusovitina shu yoshiga qaramay mantiq va tabiat qonunlariga zid ravishda hali ham sport musobaqalarida qizi tengilar bilan raqobat qilmoqda. Qahramonimizning o‘zi yosh bilan bog‘liq savollarga quyidagicha sharh beradi: “Sport yo‘lakchasida hamma barobar: yoshing 40 dami yoki 16. Chiqish va munosib ishtirok etish kerak. Kimgadir buvidek tuyilyapmanmi? Unda yetib oling!”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tokio—2020 musobaqasidan keyin Oksana faoliyatini yakunlashini va murabbiylik bilan shug‘ullanishini aytgandi. Biroq o‘yinlar qoldirildi va Chusovitina kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada 46 yoshda bo‘ladi. Olimpiadaning surilishi uning mazkur musoqabada ishtirok etish borasidagi qaroridan qaytara olmaydi: “Mendagi sabr ikki yilga ham yetadi. Agar ikki yil keyinga surilsa ham mashg‘ulotlarda davom etaman, nima qilib bo‘lmasin sakkizinchi Olimpiadamda qatnashaman! Kelajakka nazar solar ekansan, ikki yildan keyin Osiyo o‘yinlari, yana ikki yil o‘tib Parij Olimpiadasi”.

    Oksana Chusovitina faoliyatiga oid statistika va faktlar

    • MDH terma jamoasi safida 1992-yilgi Olimpiada chempioni.
    • 2008-yilgi Olimpiya o‘yinlari vitse-chempioni.
    • Uch karra Jahon chempioni (1991-yilda jamoaviy bahslar (SSSR terma jamoasi) va erkin mashq, 2003-yilda tayanib sakrash).
    • Jahon chempionatlarida to‘rt karra kumush (1991, 2001, 2005 va 2011-yillar) va 4 karra bronza medali (1992, 1993, 2002, 2006) sohibi.
    • Tayanib sakrash bo‘yicha Yevropa chempioni (2008-yil), kumush medal (2002) va uch karra bronza egasi.
    • Yettita Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi. Sporchi ushbu natijasi evaziga Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
    • Faoliyatini davom ettirayotgan vaqtda nomi sport gimnastikasi Xalqaro shon-shuhrat zaliga kiritilgan yagona sportchi.

    19.06.2020, 16:43   Izoh (0)   22585
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaralangan “sherlar” parvoz qilayotgan “qaldirg‘ochlar”ga qarshi. “Paxtakor” 19-iyun kuni “Bunyodkor” bilan jang qiladi

    19.06.2020, 16:06

    “Barselona” sobiq murabbiyi Karlos Unsue bedavo kasallikka chalindi

    19.06.2020, 13:13

    La Liga prezidenti: “Ronalduning ketishi bizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi”

    19.06.2020, 12:12

    Ronaldo futbol tarixidagi eng yaxshi 4 futbolchi nomini aytdi

    19.06.2020, 11:21

    “Barselona”ning ikki o‘yinchisi “Sevilya”ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi

    19.06.2020, 10:28

    U-19 Osiyo chempionati sabab O‘zbekiston Superligasi taqvimida o‘zgarishlar yuzaga keladi

    19.06.2020, 10:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)

    Kino | 9 avgust, 15:35

    Xitoyda realistik robotlar sotiladigan yangi do‘kon ochildi (foto)

    Dunyo | 9 avgust, 15:05

    Nega ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq uxlashi muhim?

    Ayollar sahifasi | 9 avgust, 14:45

    Toshkentda niqob taqqan shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 14:30

    Zelenskiy “biror narsani imzolashga” tayyor turishi kerak — Tramp

    Dunyo | 9 avgust, 14:15

    Buyuk Britaniyada insultdan keyingi reabilitatsiyada videoo‘yinlardan foydalanilmoqda

    Ilm-fan | 9 avgust, 13:55

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    Dunyo | 9 avgust, 13:45

    “Chelsi” 6 nafar futbolchisini sotishga harakat qiladi

    Sport | 9 avgust, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.