Daryo

Roskomnadzor Telegram’ga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

Telegram Rossiyada rasman 2018-yil 13-apreldan taqiqqa uchragan

1 daqiqa o‘qish53 826 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Roskomnadzor Rossiyada Telegram messenjeriga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanishini e’lon qildi. Tashkilot bu borada RF bosh prokuraturasi bilan kelishuvga erishgan.

Foto: “TASS”
“Telegram asoschisining terrorchilik va esktremizmga qarshi bildirgan fikrlariga ijobiy baho beramiz”, — deyiladi xizmat tarqatgan xabarda.

Mavzuga doir: Pavel Durov App Store va Google Play’dan mobil ilovalarni o‘rnatishdan voz kechishga chaqirdi

4-iyunda Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiya hukumatini messenjerni blokirovka qilmaslikni va mamlakatdagi 30 millionga yaqin foydalanuvchilarning Telegram’dan erkin foydalanishi uchun qulay sharoit yaratishni so‘ragan.

15-iyunda Rossiya davlat dumasiga mamlakatda Telegram’ga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlash bo‘yicha qonun loyihasi kiritilgan. Hujjat mualliflari rossiyalarik amaldorlarning ko‘pchiligi COVID-19 epidemiyasi vaqtida ushbu messenjerdan asosiy axborot resursi sifatida foydalanganini qayd etgan.

Telegram Rossiyada rasman 2018-yil 13-apreldan taqiqqa uchragan. Messenjerning bloklanishiga Telegram rahbariyatining Rossiya federal xavfsizlik xizmati vakillariga foydalanuvchilarning yozishmalari yuzasidan shifrlash kalitlarini taqdim qilmagani sabab bo‘lgandi. Roskomnadzor bir necha million IP-manzilni bloklagan, xususan Amazon tarmog‘i ostidagi manzillar ham bloklashni aylanib o‘tish uchun vosita ekani ma’lum qilingandi. Ilovani bloklashga qilingan harakatlarga qaramay, Telegram Rossiya hududida aholi tomonidan barqaror ishlashda davom etgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar