“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Milan”ga qarshi kechgan javob bahsida (0:0) penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Portugaliyalik forvard uchrashuvning 16-daqiqasida Janluiji Donnarumma qo‘riqlayotgan darvozaga 11 metrlik penalti zarbasidan gol ura olmadi. Biroq milanliklarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi, oradan bir necha soniyalar o‘tgach, hujumchi Ante Rebichga qo‘pol o‘yini uchun hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatildi.
Ta’kidlash joizki, bu Ronalduning 2019-yilning yanvar oyidan beri ilk bor penaltidan gol ura olmasligidir. Krishtianu ijrosidagi so‘nggi to‘rtta omadsiz penaltilar turli yillarga — 2017, 2018, 2019, 2020-yillarga to‘g‘ri keladi.
Umumiy hisobda Ronaldu faoliyati davomida 153 marta penaltini amalga oshirgan. Shulardan 26 ta urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan (17%). Qayd etish kerak, bu uning “Yuventus”dagi ikkinchi penaltidan unumli foydalana olmagan holat sifatida tarixga kirdi.
Izoh (0)