Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 28-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin 12-iyun, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
“Xetafe” safarda “Granada”ga qarshi bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchragan holda 4-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini ko‘kka sovurdi.
“Valensiya” esa o‘zida “Levante”ni qabul qildi. Uchrashuvning 74-daqiqadasida Roxer Martining chetlatilishidan so‘ng mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. 89-daqiqaga kelib Rodrigo maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Barchasi mezbonlarning g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda hakam videotakrorlardan so‘ng “Valensiya” darvozasi tomon penalti belgiladi. 98-daqiqada Gonsalo Melero jarima zarbasini aniq amalga oshirgan holda hisobni tenglashtirdi.
Mart oyida koronavirus sabab to‘xtab qolgan Primera bahslariga 11-iyun kuni restart berilgandi. O‘sha kuni “Sevilya” derbida “Betis”ni taslim etgandi. Dam olish kunlari turning qolgan uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
La Liga
28-tur bahslari
11-iyun, payshanba
“Sevilya” — “Betis” 2:0
Gollar: 1:0 – 56, penalti Okampos, 2:0 – 62 Fernando.12-iyun, juma
“Granada” — “Xetafe” 2:1
Gollar: 0:1 – 20 Timor, 1:1 – 70, avtogol Jene, 2:1 – 79 Fernandes.“Valensiya” — “Levante” 1:1
Gol: 1:0 – 89 Rodrigo, 1:1 – Melero, penalti 90+8.13-iyun, shanba
“Espanyol” — “Alaves” 17:00
“Selta” — “Vilyarreal” 20:00
“Leganes” — “Valyadolid” 22:30
“Malyorka” — “Barselona” 01:00
14-iyun, yakshanba“Atletik B” — “Atletiko M” 17:00
“Real Madrid” — “Eybar” 22:30
“Real Sosyedad” — “Osasuna” 01:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)