Toshkent viloyati Toshkent tumanining Toshkent shahar Olmazor tumaniga yaqin 260 gektar hududida yangi yo‘ldosh shaharcha quriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyun, juma kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida ma’lum qildi.
“Aholining uy-joyga ehtiyoji yuqoriligini hisobga olib, Toshkent tumanida Olmazorga yaqin hududda 260 gektar yerni ajratib, 150 ming nafar aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharchani quramiz”, — deb ta’kidlagan davlat rahbari.
Avvalroq may oyi oxirida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumaniga tashrifi davomida hududda Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida — Yangi hayot kichik tumanini tashkil etishni taklif qilgan edi.
Izoh (0)