Ilm-fan va ta’lim sohalarini Olmazor tumani uchun muhim “o‘sish nuqtasi”ga aylantirish kerak. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyun, juma kuni Olmazor tumaniga tashrifi vaqtida aytib o‘tdi.
O‘zbekistondagi eng yirik oliy ta’lim muassasalarining to‘rttasi — O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Olmazorda joylashgan.
“Bugun yangidan barpo etilgan Matematika institutini borib ko‘rdik. Tumanda bu kabi ilmiy muassasalar ko‘p”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident mas’ullarga tumanni ilm-fan va ta’lim rivojlangan namunali hududga aylantirish konsepsiyasini tayyorlash haqida ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)