UFC prezidenti Deyna Uayt “Jangchilar oroli” BAAning Abu-Dabi shahrida joylashganini tasdiqladi.
Sun’iy yo‘l bilan yaratilgan Yas oroli BAA poyxatidagi xalqaro aeroport yaqinida joylashgan. 2009-yilda barpo qilingan orol hududi 25 kilometr kvadratni tashkil etadi. Loyiha bahosi 36 milliard dollarni tashkil qiladi.
“Biz katta bo‘lmagan, biroq juda yaxshi arenani qurib bitkazdik. Yakkakurashchilarning har birida mashg‘ulot o‘tash uchun joy bo‘ladi. Oktagon esa shundoqqina sohilda joylashgan”, — deydi Uayt.
UFC iyul oyida “Jangchilar oroli”da to‘rtta (11, 15, 18 va 25-iyul kunlari) musobaqa tashkil etishni mo‘ljal qilmoqda.
Izoh (0)