Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 9-iyun kuni “Faxriy murabbiy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.
“Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalardan asrash, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga hissa qo‘shgan O‘zbekiston fuqarolari mukofotlanadi.
Ushbu orden bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari (8 million 920 ming so‘m) miqdoridagi bir martalik pul mukofotini oladi va qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)