“Real” himoyachisi Nacho Fernandes mashg‘ulot paytida jarohat oldi.
Futbolchining son mushaklarida shikastlanish kuzatilgan. Marca xabariga ko‘ra, Nacho uch hafta mobaynida maydonga tusha olmaydi.
Nacho joriy mavsum jarohat sabab bir qator uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi. 30 yoshli himoyachi 2019/20-yilgi mavsumida La Ligada 5 ta o‘yinda ishtirok etdi va bitta gol urishga erishdi.
Koronavirus sabab mart oyida to‘xtab qolgan Primera o‘yinlariga 13-iyun kuni restart beriladi. “Real” 14-iyun kuni “Eybar” bilan bahs olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)