Italiya futbol federatsiyasi ijroqo‘mi koronavirus sabab A Seriya joriy mavsumi cho‘zilgani bois, yozgi transfer oynasi muddatini o‘zgartirdi, deya xabar qilmoqda Corriere dello Sport.
Yozgi transferlar oynasi kuzga ko‘chirildi va 1-sentabrdan 5-oktabrga qadar davom etadi. Qishki transferlar esa 4—31-yanvar oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriya 2019/20-yilgi mavsumiga 20-iyun kuni restart beriladi. Unda 25-turning qoldirilgan o‘yinlari bo‘lid o‘tadi. Unga qadar Italiya Kubogining yarim final (12-13-iyun) va final (17-iyun) bahslari o‘tkaziladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)