Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turli mamlakat oshxonalari retsepti bilan bo‘lishishda davom etamiz. Bugungi menyumizda — ukraincha mashhur “Galushki”.

Foto: “Yeda.ru”

Foto: “Yeda.ru”

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • sut — 510 ml;
  • un — 490 gr;
  • mol go‘shti —350 gr;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • qaymoq — (35 % ) 800 ml;
  • tovuq bulyoni — 1 l;
  • ta’bga ko‘ra sarimsoq piyoz;
  • ko‘k piyoz va ko‘katlar;
  • pishloq (motsarella tavsiya qilinadi) — 200 gr;
  • ta’bga ko‘ra tuz va murch;
Tayyorlanish jarayoni:
  • Sut, un va tuz qo‘shib xamir qoring.
  • Xamirni 100 gr romb shaklida bo‘laklarga bo‘lib chiqib, ustini yoping va muzlatkichga qo‘ying.
  • Xamirni tuzli suvda pishirib oling.
  • Tovada qizigan o‘simlik yog‘iga mayda to‘g‘ralgan piyoz va go‘sht solib qovurib oling.
  • Maydalangan sarimsoq, tuz va murch soling.
  • Tovuq bulyoni va qaymoq solib aralashtiring.
  • Aralashmaga xamir, ko‘kat va ko‘k piyoz solib, 7 daqiqa dimlab pishiring.
  • Pechda pishirishga mo‘ljallangan chuqurroq idishga taomni soling va ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
  • 180 daraja qizigan pechda 5 daqiqaga qo‘ying.
Taom tayyor, yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Milliarderlar nonushtasi: sayyoradagi eng boy odamlar ertalab nima yeydi?
Mahalliy
O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston bilan chegaradagi devorni buzib tashladi (video)
Mahalliy
Andijonda avtohalokat sodir etib, bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YHXB xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda