Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Poytaxtda koronavirusga chalingan bemorlarning bir yo‘la 140 nafari 5-iyun kuni tuzalib rekord natija qayd etildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Ta’kidlanishicha, ular orasida 84 yoshli onaxonning ham shifo topgani yanada quvonarli voqea bo‘ldi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 83 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 34 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 140 nafar bemor sog‘aygan va reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Poytaxtda shu paytga qadar tuzalganlar 1 234 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1 374 nafarga yetdi. Davolanayotgan bemorlar 516 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3 087 kishini tashkil qilayotgani xabar berilgandi. Endi esa ular soni 3 227 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 5-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, 3 965  kishini tashkil qilmoqda, bemorlarning 16 nafari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)