O‘zbekistonda 5-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 26 kishiga ko‘payib, 3965 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 12 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida,
  • 5 nafari Samarqand viloyatida hamda yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 1 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida,
  • qolgan 1 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida

aniqlangan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston bo‘yicha 862 bemor davolanishni davom ettirmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Eslatib o‘tamiz, hozirgacha 3087 kishi sog‘aygan, bemorlarning 16 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.