• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Milliy frilanserlar markazi tashkil etilishi mumkin

    Xalq ta’limi vazirligi “Internet tarmog‘i orqali xizmatlar eksportini amalga oshiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘ydi.

    Foto: “Moy biznes”

    Foto: “Moy biznes”

    Loyihada Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining jismoniy shaxslarga veb-frilanserlikni o‘rgatish, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va rezidentlik maqomini berish bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Milliy frilanserlar markazini tashkil etish taklif qilingan.

    Unga ko‘ra:

    • Internet tarmog‘i orqali mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan jismoniy va yuridik shaxslarga masofaviy tarzda xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmagan va o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy shaxslar mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan o‘zini o‘zi band qilgan, markaz rezidenti maqomini olgan fuqarolar veb-frilanser hisoblanadi;
    • Markaz veb-frilanserlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha eksterritoriallik tamoyili asosida, shu jumladan, masofaviy tarzda kurslarni tashkil etadi hamda mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikat beradi;
    • Markazning rezident maqomi sertifikatga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga hamda sertifikatga ega bo‘lmasdan internet tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga masofaviy tarzda xizmatlar ko‘rsatib, mehnat daromadi olib yurgan jismoniy shaxslarga, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda masofaviy tarzda beriladi;
    • Markaz veb-frilanserlarning kasbi, tajribasi, xizmatlari qiymati kesimida Yagona reyestrni yuritadi va ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi;
    • nodavlat ta’lim muassasalari markaz bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq veb-frilanserlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish xizmatlarini ko‘rsatadi hamda ularga markazning sertifikatini taqdim etadi;
    • Markaz rezidentlariga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi beriladi;
    • Markaz rezidentlariga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilganligi uchun to‘lov undirishdan tushgan mablag‘larning oltmish foizi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga – o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro tomonidan ijtimoiy soliqni to‘lash hisobiga hamda qirq foizi markaz hisob raqamiga yo‘naltiriladi;
    • Markaz rezidentlariga o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olgan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tatbiq etilmaydi.
    Veb-frilanserlarga:
    • Internet tarmog‘i orqali masofaviy tarzda xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish (ishlar bajarish), ko‘rsatgan xizmatlari (bajargan ishlari) uchun O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisob raqamlariga tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ma’lumot kiritmasdan hamda bank komissiyasini to‘lamasdan xorijiy valyutada to‘lovlarni qabul qilish;
    • xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) uchun shartnoma tuzish o‘rniga bitim (oferta) to‘g‘risidagi ommaviy taklifni qabul qilish yoki elektron ma’lumot almashish yoxud ko‘rsatgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun hisob-faktura (invoys), shu jumladan, elektron shaklda taqdim etish yo‘li bilan amalga oshirish huquqi beriladi.
    Veb-frilanserdan uning O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilingan xorijiy valyutadagi tushumning kelib chiqishini aniqlashda qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni, shu jumladan, eksport shartnomani talab qilish taqiqlanadi.

    Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaz bilan birgalikda 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab veb-frilanserlikka qiziqishi bor o‘quvchilarni saralash va ularni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda internet tarmog‘i orqali masofaviy tarzda daromad topishga o‘rgatishni tashkil etadi.

    Belgilanishicha, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi markazning ta’sischisi hisoblanadi, bunda respublika budjetidan Xalq ta’limi vazirligiga 2020-yilda qo‘shimcha 20 milliard so‘m miqdorida markaz faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladigan mablag‘lar “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasiga yo‘naltiriladi.

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarida frilans yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va kompetensiyalarni shakllantirish va ularni kelajakda ushbu sohada ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida davlat grantlari asosida veb-frilanserlarni tayyorlash yuzasidan quyidagi tartib o‘rnatiladi:

    • Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7—11-sinf o‘quvchilari sinovdan o‘tkazilib, veb-frilanser yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilar saralab olinadi;
    • saralangan o‘quvchilar orasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi belgilagan ko‘rsatkichlar asosida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan farzandlarini o‘qitishga davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashga ehtiyoji mavjud oilalardan chiqqan o‘quvchilar ro‘yxati tuziladi;
    • Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mazkur ro‘yxatga kirgan har bir o‘quvchiga uning frilans yo‘nalishi bo‘yicha shaxsiy moyilligini hisobga olgan holda o‘qishi uchun davlat granti ajratilishi to‘g‘risida hujjat taqdim etiladi;
    • frilanser kasbiga moyilligi bor umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7—9-sinf o‘quvchilari o‘z maktablarida variativ o‘quv rejalar asosida va markaz tomonidan tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanib “onlayn” shaklda ta’lim oladi;
    • frilanser kasbiga qiziqishi bor grant ajratilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10—11-sinf o‘quvchilari kasbiy tayyorgarliklarini markaz rezidentlari bo‘lgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining maxsus kurslarida amalga oshiradilar, bunda ushbu tashkilotlarning xarajatlari belgilangan tariflar asosida faqatgina maxsus kurs bitiruvchilari markaz tomonidan tashkil qilinadigan imtihonlarni muvaffaqiyatli o‘tganlari va tegishli sertifikat olganlaridan keyin Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qoplab beriladi;
    • davlat granti hisobiga frilans yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olgan va sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar markaz rezidentlari hisoblanadilar va o‘z daromadlarining 10 foizini markazga a’zolik badali sifatida to‘lab boradilar.
    Markaz rezidentlari bo‘lgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining maxsus kurslarida o‘qitish tariflari Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

    Moliya vazirligi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji mavjud oilalardan chiqqan o‘quvchilarni veb-frilans yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy tayyorlashga davlat grantlarini taqdim etish uchun Xalq ta’limi vazirligiga 2021-yilda 100 milliard so‘m, 2022-yildan Xalq ta’limi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan zarur mablag‘larni ajratadi.

    29.05.2020, 13:57   Izoh (0)   13280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobodda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar sababi ma’lum qilindi. Kun davomida ta’minot qayta tiklanadi

    29.05.2020, 12:58

    Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni Sergeli va Zangiota tumanlariga boradi

    29.05.2020, 12:08

    O‘zbekistonda turoperatorlar va joylashtirish vositalariga foizsiz ssudalar ajratiladi

    29.05.2020, 12:03

    FVV O‘zbekistonda sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

    29.05.2020, 11:48

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 19 taga ko‘paydi. Kasallanganlarning umumiy soni 3463 nafarga yetdi

    29.05.2020, 10:17

    Denov hokimligi internetda muhokamalarga sabab bo‘lgan Amir Temur haykali bo‘yicha munosabat bildirdi

    29.05.2020, 09:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.