“Barselona” sobiq darvozaboni Viktor Valdes Ispaniya to‘rtinchi divizionida ishtirok etadigan klub bosh murabbiyiga aylandi.
38 yoshli mutaxassis “Orta” klubini boshqaradi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Yakunlangan mavsumda “Orta” musobaqani 10-o‘rinda yakunladi.
Valdes 2019-yilda “Barselona” yoshlar jamoasi boshqaruviga tayinlangandi, biroq uch oy o‘tib mazkur lavozimdan bo‘shatilgan.
Viktor “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 1995—2014-yillar mobaynida klub tizimida faoliyat yuritgan. Asosiy jamoa safida 2000-yilda debyut qilgan darvozabon “Barsa” bilan 21 ta sovringa ega bo‘lgan. Katalonlar safini tark etgach, Valdes “Manchester Yunayted”, “Standard” va “Midlsbro”da harakat qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)