Argentinaning Buenos-Ayres shahri sudi o‘z egasining o‘ldirilishiga guvoh bo‘lgan to‘tiqushni so‘roq qiladi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Pixabay

To‘tiqush 2018-yilda o‘ldirilgan 46 yoshli egasi Elizabet Toledoning so‘nggi so‘zlarini takrorlagan.

Argentinalik ayolning zo‘rlab, o‘ldirilishida u uyidagi xonani ijaraga bergan uch kishidan ikki nafari gumonlanmoqda. 51 yoshli Migel Saturinyo Rolon va 62 yoshli Xorxe Raul Alvarez asosiy gumondorlar hisoblanadi.

Elizabet Toledo

Foto: CEN

Qotillik yuz bergan paytda uchinchi ijarachi uyda bo‘lmagan.

Qotillik joyida ishlayotgan politsiyachi ayol kishi qichqirig‘i va “Yo‘q, iltimos, meni qo‘yib yubor” degan gapni eshitgan. Xonada esa faqat ayol kishining jasadi va to‘tiqush solingan qafas bo‘lgan.

Qotillik qurbonining so‘zlariga ko‘ra, ayolni erkaklardan biri urayotgan paytda u to‘tining “Nimaga meni urasan?” deganini ham eshitgan.

Politsiya to‘tiqush marhumaning so‘nggi so‘zlarini takrorlagan, deb hisoblamoqda.