Ukrainaning Kolomiya shahrida yashovchi 90 yoshli ayol o‘zini samolyot uchuvchisi sifatida sinab ko‘rdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Nafaqaxo‘r ayolga samolyot kabinasida instruktor hamrohlik qildi. U ayolga samolyotni joyidan qo‘zg‘atish va qo‘ndirishga yordam bergan. Havoda samolyotni keksa ayolning o‘zi boshqargan.
Keksa ayol karantin vaqtida zerikkani uchun samolyot haydab ko‘rishga qaror qilganini aytgan.
Izoh (0)