Turk oshxonasining mashhur taomlaridan biri bo‘lgan beyti kabob dasturxoningizga ko‘rk berishiga shubha yo‘q.

Foto: Pinterest

Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • qiyma — 150 gr;
  • tuxum — 2 dona;
  • yupqa xamir (qat-qat somsaniki singari) yoki lavash;
  • quritilgan qalampir kukuni — 1 choy qoshiq;
  • pomidor — 2 dona;
  • sariyog‘ — 1 choy qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Xamirni yupqa qilib yoyib o‘rtasidan kesing, ustiga yog‘​ surting

“Nachinka” tayyorlab oling:

  • Qiymaga mayda to‘g‘ralgan piyoz, sarimsoq piyoz, tuxum, tuz va murch qo‘shing.
  • Tayyor qiymalarni kabob shakliga keltirib, 180 daraja qizigan pechga 30 daqiqaga qo‘ying.
  • Tayyor kaboblarni xamirga qo‘yib rulet shaklida o‘rang.
  • Yana 10 daqiqaga pechga qo‘ying.
  • Bu vaqtda qayla tayyorlab oling. Buning uchun qirg‘ichdan chiqarilgan pomidorni tovaga solib, ustidan tomat pastasi, sariyog‘ va o‘simlik yog‘i solib aralashtiring.
  • Qaylani 2-3 daqiqa dimlang.
  • Xamirga o‘ralib pishgan kaboblarni suratdagidek kesib likopchaga tering, ustidan qayla quying.
  • Likopcha o‘rtasiga suzma qo‘ying.
  • Beyti kabobni qovurilgan kartoshka hamda yengil salat bilan bezash mumkin.

Yoqimli ishtaha!