• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ozodbek Nazarbekov o‘zbek tili haqida gapirgan Rossiya rasmiysiga javob qaytardi

    Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova O‘zbekistonda davlat tili bo‘yicha o‘rnatilayotgan tartiblar haqida gapirib, “rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani”ga ishora qilgandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bunga javoban Facebook’dagi rasmiy sahifasida munosabat yozib qoldirdi.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube
    So‘zlarimni yaqin tarixdan boshlamoqchiman. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yurt mustaqilligini e’lon qilganda, zalda o‘tirganlarning aksariyati do‘ppi kiygandi. Oradan hech qancha o‘tmay boshdan do‘ppilarni yechdik. Bu voqeani nega esladik? Gap shundaki, biz mustamlaka paytida qadriyatlarimizni avaylashga ko‘proq urinardik. Chunki ularga ochiq tahdid bor edi. Tahdidlar ko‘tarilgach esa ushbu masalada xotirjamlikka berildik. Mumtoz musiqamiz, urf-odatlarimiz, milliy raqslarimiz-u, madaniy merosimiz, atlas-u do‘ppilarimizni saqlab qoldik, deya ularga e’tiborimiz susaydi. Jumladan, millatimiz ko‘zgusi bo‘lgan tilimizga ham...

    Kuni kecha OAVda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan o‘zbek tiliga daxldor qonun loyihasi muhokamaga kiritilishiga doir munosabati e’lon qilindi. Avvalo, yurtimizda o‘zbeklar bilan tinch-totuv yashab kelayotgan ko‘p sonli rus millati vakillariga, ularning tili va madaniyatiga chuqur ehtiromimni bildirgan holda bu boradagi fikrlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Va shuni alohida ta’kidlab o‘tamanki, shaxsan men madaniyat targ‘ibotchisi sifatida o‘zbek tili ustuvorligini ta’minlovchi qonun qabul qilinishi tarafdoriman va unga amal qilishga tayyorman.

    Men til masalasining millatimiz orasida har qancha muhokama qilinishiga qarshi emasman. Buni yoqlayman ham. Bu bizning ichki va faqatgina xalqimizga xos masalamiz. O‘zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq tashqi siyosat borasida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga qat’iy amal qilib kelmoqda. O‘z navbatida ichki siyosatda yechim topiladigan masalalarda o‘ziga nisbatan ham xuddi shu tamoyil qo‘llanilishi tarafdori.

    Mariya Zaxarovaning fikrlari, avvalo, mana shu me’yor chegarasini oshib o‘tish sifatida baholanadi. Tilimizga nisbatan ko‘rsatilayotgan ta’sir madaniyatimizga aks javobning ilk qadamidir. Bunga insoniyat tarixida yetarlicha dalillar bor. Til – o‘zini hurmat qilgan har qanday millat uchun eng bebaho qadriyatdir. Qadriyatini yo‘qotgan millat esa o‘zligini yo‘qotadi. Sobiq sho‘rolar davrida rus tili maqomini ko‘tarish maqsadida o‘zbek tilini mensimaslik, uni yo‘qotishga bo‘lgan urinishlar, afsuski, oz bo‘lsa-da, samara bergan. Va hali-hanuz biz uning ta’siridan chiqib ketolmayapmiz.

    Qaysi tilda muloqot qilish, albatta, har bir fuqaroning shaxsiy huquqi va bu qonun bilan himoyalangan. Lekin davlat tili maqomi haqida so‘z borar ekan bu boradagi har qanday qonunda faqat va faqat o‘zbek tilining ustuvorligi aks etishi shart!

    Zaxarova xonimning aytishicha, rus tili filologiyasini o‘qitish, ruscha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi. Albatta, xorijiy tilni o‘rganishning foydasi bo‘lsa borki, zarari yo‘q. Biroq til to‘g‘risidagi qonun loyihasi ozchilik tomonidan ma’qullangan, degan fikriga qo‘shilmayman.

    O‘zbek tili bu – Navoiy bobomiz tili. Amir Temur, Buxoriy kabi ulug‘larimiz tili. U shunchalar mukammalki, bunga ortiqcha dalil va sharh shart emas. Rus tilining adabiy durdonalari, Pushkin, Lermontov, Tolstoylarning asarlari o‘zbek tiliga qanchalik mahorat bilan tarjima qilinganini yetuk mutaxassislar e’tirof etishgan. Rus tilida ishlangan filmlarning o‘zbekcha talqinlariga, hatto, rus ijodkorlarining o‘zlari ham tan berishgan. Mana shunday boy, jozibador tilimiz turganda unga teng qo‘yiladigan boshqa tilga ne hojat?

    O‘zbek tili haqida rossiyalik tilshunoslar fikr bildirishganida to‘g‘ri qabul qilamiz, biroq bu mavzu Tashqi ishlar vazirligi minbarida tilga olingani bekorga emas. Bu yerda aniq reja va siyosiy maqsadlar borligi kunday ravshan.

    Men yurt farzandi sifatida tilimizdan qandaydir siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanilishiga mutlaqo qarshiman. Rossiya hukumatidan esa o‘zbek millatining xohish-irodasi, qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘rayman. O‘zbekiston suveren-demokratik davlat sifatida o‘z yo‘lini o‘zi belgilashga qodir mamlakat.

    Bu masalada boshqa hamkasblarimizni, jamoatchilikni, o‘zbek tilini or-nomus, milliy g‘urur ramzi deb biladigan barchani bebaho qadriyatimiz – tilimiz himoyasiga chaqiraman.

    Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri

    Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev va “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Mariya Zaxarovaning mazkur bayonotiga o‘z munosabatlarini bildirgandi.

    Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida O‘zbekiston Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga doir qonunchilik talablariga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan, unda davlat tilida ish yuritmagan mansabdorlar jarimaga tortilishi mumkinligi belgilangandi.

    18.05.2020, 11:51   Izoh (0)   99315
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi

    18.05.2020, 11:36

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2762 nafarga yetdi

    18.05.2020, 10:00

    O‘zbekiston—Turkiya harbiy tekstil ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi Sirdaryo viloyatiga 250 ming dollar xayriya mablag‘i ajratdi

    18.05.2020, 08:55

    Niderlandiyalik ekspertlar Sardoba suv omboridagi toshqin sabablari bo‘yicha taxminlarni ma’lum qildi

    18.05.2020, 07:16

    Xorijda ishlab oila boqqan va karantin sabab ishsiz qolgan qashqadaryolik ustalar Toshkentdagi qurilish ishlariga jalb qilindi

    18.05.2020, 06:24

    Xorazmda kuchli shamol kuzatildi: tomlar uchib ketgan, ko‘plab daraxtlar sinib tushgan (foto)

    17.05.2020, 23:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.