O‘zbekistonda 18-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9 kishiga ko‘payib, 2762 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilgan 9 nafar yangi kasallanish holatlarining
- 3 nafari xorijdan kelgan fuqarolarda (ulardan 2 nafari charter reysi orqali BAAdan olib kelingan va 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan) hamda
- 6 nafar (barchasi Navoiy viloyatidan) oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Ma’lumot uchun, hozirgacha O‘zbekistonda 2247 kishi koronavirusdan sog‘aygan, bemorlarning 12 nafari esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)