Hi-Tech.Mail.ru Xiaomi smartfonlari hamda boshqa ko‘plab qurilmalarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning zamonaviy ofisi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Bu yerda xodimlarning ovqatlanishi uchun pul ajratiladi, istalgan joyda ishlash va dam olish xonasida uxlashga ruxsat beriladi.
2019-yilda Xiaomi qiymati qariyb 1 milliard dollar turuvchi 340 ming kvadrat metrga teng yangi ofisga ko‘chgan edi. Bu Apple Park’dan taxminan besh barobar arzon, biroq Kaliforniyada qurilish ishlari ancha qimmat turishini ham unutmaslik kerak. Xiaomi bu yerni shunchaki ofis emas, balki park deb ataydi — chunki ular bir nechta binodan iborat katta hududga egalik qiladi. Bu xuddi Xitoy poytaxtidagi kichik shahardir.
Hududda 8 ta bino joylashgan — ofis xonalari, tadqiqot va ixtiro bo‘linmasi, konferensiya uchun zallar, o‘zining do‘konlari va hokazo. Ofis hududida ishchilar uchun qulay muhit yaratishga harakat qilingan: xodimlar umumiy xonalarda ishlashi yoki dam olish xonasida biroz mizg‘ib olishi, tinchlikda ishlashi mumkin.
Koronavirus sabab Xiaomi ofisi ancha bo‘shab qolgan, biroq Xitoyda cheklovlar sekin-asta bekor qilinmoqda. Shu bilan birga, bu kompaniyaga yangi qurilmalar taqdim etish va onlayn taqdimot o‘tkazishga xalaqit bermayapti. Kompaniyaning so‘nggi asosiy flagmani — Xiaomi Mi 10 buning isbotidir.
Izoh (0)