Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekistonda karantin talablarini xushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan 13 may kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Yig‘ilishda O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar rahbarlarining takliflaridan kelib chiqib, karantin talablarini yanada yumshatish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, “yashil” va “sariq” hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi belgilandi.
Respublika komissiyasiga pandemiya qayta kuchaygan taqdirda vazirlik va idoralar bajarishi lozim bo‘lgan birlamchi vazifalar belgilangan tartibni tasdiqlash topshirig‘i berildi.
Olis hududlarning poytaxt bilan transport aloqasini tiklash juda dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi va Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtiriliyatgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilayotgani, Transport, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklariga mazkur vaziyat bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.
Mavzuga doir:
- “Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda to‘liq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi” — Shavkat Mirziyoyev IT’ni rivojlantirish haqida
- O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi
- Shavkat Mirziyoyev koronavirus bo‘yicha yangi qaror imzolashi kutilmoqda
Izoh (0)