O‘zbekistonda 11-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 4 kishiga oshib, 2486 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Avvalroq O‘zbekistonda 11-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2482 nafarga yetgani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1988 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)