O‘zbekistonda 9-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 11 kishiga ko‘payib, 2336 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Avvalroq, 8-may soat 22:00 holatiga ko‘ra mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2325 nafarni tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1775 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etdi.
Izoh (0)