“Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanich yozgi transferlar vaqtida klubini almashtirishi kutilmoqda, deb yozmoqda La Gazetta dello Sport.
30 yoshli futbolchi “Barselona” rahbariyatiga klubga o‘tishga roziligini bildirgani ta’kidlanmoqda. Futbolchi endilikda “Yuventus”ning “Barselona” bilan kelishib olishini kutmoqda.
Xabarga ko‘ra, tomonlar katta ehtimol bilan futbolchi almashtiradi. “Yuventus” Pyanich uchun Artur Meloni olishni xohlamoqda. Ammo braziliyalik futbolchi Kataloniya klubini tark etmasligini ma’lum qilgan. Shuningdek, almashtirilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Ivan Rakitich, Arturo Vidal hamda Nelson Semedu nomlari ham bor.
Ma’lumot uchun, Pyanich 2016-yildan beri Turin klubi sharafini himoya qiladi. Ungacha esa u “Roma”, “Lion” kabi klublarda harakat qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)