Ijtimoiy tarmoqlarda Turkmanistonda kuchli shamol va qum bo‘roni kuzatilayotgani va bu hodisa O‘zbekiston hududiga ham tarqalishi to‘g‘risida xabar tarqaldi. “O‘zgidromet” bu xabarni rad etdi.
Qayd etilishicha, respublika hududida qum bo‘roni kutilmayapti. Avval xabar qilinganidek, 2-may kuni ob-havoning beqaror bo‘lishi, yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib sekundiga 15-20 metr, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi mumkin.
Izoh (0)