• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pandemiyaning dahshatli ssenariysi. Koronavirus ayrim mamlakatlarda aholining bir foizgacha qismining o‘limiga olib kelishi mumkin

    Laboratoriya tahlillari va ayrim mamlakatlardagi o‘lim ko‘rsatkichining kattaligi yuzasidan olib borilgan hisob-kitoblar orqali SARS-CoV-2 infeksiyasining o‘lim darajasiga yanada aniqlik kiritildi. “Daryo” medRxiv’da e’lon qilingan maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi.

    Italiyalik olimlar Janluka Rinaldi va Matteo Paradizi muallifligidagi maqola tibbiyotga oid ilmiy maqolalar platformasi bo‘lmish medRxiv’ga joylandi. Unda Italiyada koronavirus pandemiyasidan dastlabki qirq kun ichida sodir bo‘lgan o‘lim holatlarining yirik tahlili haqida so‘z boradi. Tadqiqotlar Italiyada ushbu infeksiyadan eng katta jabr ko‘rgan hudud — Lombardiya misolida o‘tkazilgan bo‘lib, jami 50 mingga yaqin odam bilan bog‘liq tahlillarni qamrab olgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ta’kidlanishicha, olimlar o‘z tahlillarida mamlakatdagi rasmiy statistikadan foydalanmagan. Bunga sabab qilib rasmiy statistikaning ko‘p hollarda to‘liq emasligi yoki yanglish raqamlardan iborat bo‘lish ehtimoli ko‘rsatilgan. Buning o‘rniga olimlar SARS-CoV-2 infeksiyasini aniqlashga qaratilgan ommaviy o‘tkazilgan testlar ko‘lami statistikasidan foydalandi. Aytilishicha, aynan ommaviy test natijalarining tahlili pandemiyaning asl miqyosini hamda patogenning haqiqiy o‘lim ko‘rsatkichini baholashga imkon beradi.

    Tadqiqot obyekti sifatida olingan hudud Italiyadagi epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan edi va 21-fevral kuni ushbu hudud chegaralari to‘liq yopilib, barcha aholi punktlarida qat’iy karantin choralari joriy qilingandi. Rinaldi va Paradizi o‘z tahlillari uchun aynan shu sanani axborot yig‘ishning dastlabki start nuqtasi sifatida belgilab oldi.

    21-fevraldan 4-aprelgacha bo‘lgan muddatda mazkur hududda kuzatilgan o‘lim ko‘rsatkichi va marhumlarning jins-yosh taqsimoti bo‘yicha statistikasi hosil qilingach, olimlar hududning aynan shu davr intervali uchun avvalgi besh yillikdagi o‘lim statistikasi bilan taqqoslandi. Xulosalar esa kishini dahshatga soladi. Aniqlanishicha, 2020-yilning mazkur davridagi o‘lim soni avvalgi yillardagi shu davrlardagi o‘limlar sonidan qariyb besh barobar katta bo‘lib chiqdi. 2014—2019-yillarning 21-fevralidan 4-apreligacha bo‘lgan 40 kunlik oraliqlarida Lombardiyada o‘rtacha 70 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilda 341 tani tashkil qildi.

    Keyin esa olimlar hududdagi qat’iy karantin cheklovlari yumshatilganidan so‘ng o‘tkazilgan qon tahlillari statistikasi bilan tanishdi. Tadqiq qilinayotgan hududda aholining virus yuqtirish darajasi 40 foiz atrofida bo‘lib chiqdi, ayrim alohida olingan aholi punktlarida esa odamlarning 80 foizga yaqin qismida virus aniqlandi. Ushbu ma’lumotlar asosida Paradizi va Rinaldi koronavirusning o‘lim ko‘rsatkichi 1,29 foiz ekanini xulosa qildi. Agar 60 yoshdan oshgan keksalarni alohida ijtimoiy qatlam sifatida qarab, ular uchun alohida tahlil qilinsa, bu qatlam uchun koronavirusning o‘lim ko‘rsatkichi 4,25 foizga teng bo‘lib chiqar ekan.

    Qizig‘i shundaki, Paradizi va Rinaldi olgan natijalar dunyodagi ilk infeksiya o‘choqlaridan biri bo‘lgan Diamond Princess kruiz kemasida kuzatilgan o‘lim ko‘rsatkichi bilan deyarli bir xil chiqdi. Eslatib o‘tamiz, Diamond Princess kruiz kemasida infeksiyaga chalinganlarning 1,3 foizi vafot etgan edi. Faqat o‘sha ko‘rsatkich ilmiy tahlil uchun qabul qilishga yaramasdi, chunki bu o‘rinda ma’lumot uchun olingan sanoq son juda kichik bo‘lgan (712 nafar yuqtirganlardan 13 tasi o‘lgan edi, bu esa statistik qiyosiy tahlillar uchun kamlik qiladi). Boz ustiga, ushbu laynerda kruiz sayohatga chiqqan sayyohlarning katta qismi nafaqa yoshida olam kezishni maqsad qilgan keksalar bo‘lgan.

    Diamond Princess kruiz kemasidagi infeksion manzara asosida Xitoy aholisi uchun qilingan qayta hisob-kitoblar esa ushbu mamlakat uchun o‘lim ko‘rsatkichi 0,6 foiz atrofida ekanini ko‘rsatib bergan edi. Aslida esa Xitoyda o‘lim darajasi bundan ikki marta katta bo‘lib chiqdi. Albatta, Italiyaga nisbatan ushbu hisob-kitoblarni qo‘llaganda shuni e’tiborga olish kerakki, Italiya aholisi yosh tarkibi jihatidan dunyodagi “eng keksa” xalqlardan biri sanaladi. Shunga ko‘ra, Paradizi va Rinaldi qat’iy karantin choralari ko‘rilmasa va koronavirus epidemiyasi eng yomon ssenariy bo‘yicha ketsa, mamlakat aholisining 1 foiz atrofidagi qismi infeksiyadan o‘lib ketishini prognoz qildi.

    Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Italiyadagi infeksiya o‘choqlaridan masofa jihatdan qancha olislashilgani sari yuqtirishlar va pirovardida o‘limlar soni ham kamayib borgan. Biroq aynan shunday jihat tufayli aholida yangi koronavirusga nisbatan jamoaviy immunitet shakllanishi hali sodir bo‘lmadi. Bu esa hozir kasallanmaganlarning epidemiyaning keyingi to‘lqinida kasallanishi ehtimolini oshiradi. Shunga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasidan o‘lim ko‘rsatkichining qanchalik kamaytirishga erishilishi hozirda unga qarshi vaksinaning yoki haqiqiy ta’sirchan dorilarning qanchalik erta ixtiro qilinishga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib turibdi.

    Shu sababli hozircha vaksina va samarali dorilar yo‘q ekan, ilmiy maqola xulosasida keltirilishicha, COVID-19 epidemiyasini jilovlash va o‘limlar sonining yanada dahshatli bo‘lib ketmasligi uchun aynan eng qat’iy karantin choralarigina yordam beradi. Qat’iy karantin va o‘z-o‘zini cheklash (izolyatsiyalash), ko‘chaga chiqmaslik, imkon qadar o‘zgalar bilan muloqotda bo‘lmaslik orqaligina pandemiyaga qarshi samarali kurashish mumkin. Qat’iy karantin — pandemiyani bartaraf etish uchun hozirda eng asosiy va eng samarador choradir.

    28.04.2020, 18:57   Izoh (0)   109298
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda koronavirus sabab internet-foydalanuvchilar soni 900 mln kishidan oshib ketdi

    28.04.2020, 18:33

    Braziliya sudi mamlakat prezidenti Bolsonaruga nisbatan tergov boshlashga qaror qildi

    28.04.2020, 17:52

    Bill Geyts pandemiyadan keyingi odatdagi hayot tarzi qachon boshlanishini ma’lum qildi

    28.04.2020, 16:08

    BMT: Pandemiyadan so‘ng avvalgi hayot tarziga qaytib bo‘lmaydi

    28.04.2020, 14:53

    Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2950 kishiga yetdi

    28.04.2020, 12:09

    Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 708 kishiga yetdi

    28.04.2020, 11:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.