Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 90 holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 2950 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.
Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 725 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:
- Nur-Sulton — 52;
- Olmaota — 17;
- Chimkent — 1;
- G‘arbiy-Qozog‘iston —1;
- Qarag‘anda viloyati — 1;
- Mang‘istov — 1;
- Turkiston viloyati — 6;
- Pavlodar viloyati — 6;
- Olmaota viloyati — 1;
- Jambil viloyati — 2;
- Atirau viloyati — 1;
- Aqmo‘la viloyati — 1 ta holat.
Mavzuga doir:Qozog‘istonda aholiga karantin sabab ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatiladi
Izoh (0)