• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Real”dan ketishni xohlamagan, “Portu”da o‘ynashni esa xayoliga ham keltirmagan Iker Kasilyas intervyusi

    Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas haqida so‘z boradigan bo‘lsa, ko‘pchilikning xayoliga uning “Real”dagi faoliyati keladi. Afsuski, uzoq yillar mobaynida Madrid klubi sharafini munosib himoya qilib kelgan posbon 2015-yilda qadrdon jamoasi bilan xayrlashishga majbur bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xayrlashuv matbuot anjumanida Kasilyas ko‘z yoshlarini tiya olmagan holda shunday degandi:

    “Real”dek jamoaning sardori bo‘lish va ko‘plab sovrinlarni boshim uzra baland ko‘tarish imkoniyati berilgani uchun barchadan minnatdorman. Umid qilamanki, ular meni nafaqat yaxshi yoki yomon darvozabon sifatida, balki munosib inson sifatida ham eslashadi.
    Kasilyas “Real”dan ketgani bilan futbol ixlosmandlarining qalbini tark etmadi. U “Portu” tarixida ham munosib iz qoldirib, klub muxlislarining suyuklisiga aylandi. 2018-yilda esa sog‘lig‘idagi muammolar sabab faoliyatini erta yakunlashga majbur bo‘ldi.

    Quyidagi intervyuda Iker “Portu” jamoasiga moslashishi qanday kechgani, yurak xurujini boshidan o‘tkazgani va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashadi.

    “Portu” va shaharga moslashishi haqida

    “Avval boshidanoq bunga ko‘nikishim kerak edi. Portudagi birinchi yil biroz qiyin kechdi, ammo keyinchalik oilam bilan bu yerga moslasha boshladik. Men bu shaharni yaxshi ko‘raman, u – juda go‘zal. Shahar menga xotirjamlik bag‘ishlaydi, bu esa men uchun juda muhim omillardan biri. Men mamlakatga, xususan, Portuga faqatgina rahmat aytishim mumkin”.

    “Portu” prezidenti haqida

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    “U futbolni juda sevadi, barcha o‘yin va undagi voqealarni yaxshi eslaydi. Fikrimcha, u futbol haqida mendan ko‘proq narsani biladi. Bundan tashqari, kitob yozish tajribasiga ham ega”.

    Vitor Bayaning (portugaliyalik darvozabon) o‘yinidan hayratlanishi haqida

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Vitor “Barselona”ga kelganini ko‘rish yoqimli edi. Menga uning harakatlari, libosi va anjomlari juda yoqardi. Aynan u tufayli uzunroq forma kiyganman”.

    Qachondir “Portu”da o‘ynashni o‘ylamagani haqida

    “Hech qachon “Portu”da o‘ynashim mumkinligini o‘ylamaganman. Hayotim “Real” bilan bog‘liq bo‘lgan. Faoliyatimni o‘sha yerda boshlab, o‘sha yerda tugatish niyatida edim. Biroq yuzaga kelgan vaziyat meni boshqa yo‘ldan borishga majbur qildi. Keyin “Portu”dan taklif bo‘ldi. Ispaniyaliklar ko‘p bo‘lgani va Madridga yaqin bo‘lgani uchun uzoq o‘ylab o‘tirmadim”.

    “Portu”dagi eng esda qolarli vaziyat

    “Mamlakat chempionligini qo‘lga kiritganimiz. O‘sha yili Joze Sa (hozirda “Olimpiakos” darvozaboni) bilan birga o‘ynagandik. Chempionat biz uchun juda muhim bo‘lgan”.

    “Portu”dagi eng yaxshi “seyv”

    “Sporting“ga qarshi kechgan bahsning so‘nggi daqiqalarida o‘ng burchakka yo‘llangan zarbini bartaraf etganim”. 

    “Portu”dagi jamoadoshi Tikinyo Soaresga million yevro berish yoki bermasligi haqida

    “Soares uchun uyda o‘tirish juda qiyin bo‘lsa kerak. U nafaqat o‘yinchi, balki inson sifatida ham ajoyib fazilatlarga ega. Men unga million yevro beramanmi? Yo‘q”.

    Rikardo Pereyraning uni yomon kiyinadi, degan gapiga izohi

    “Men bunga mutlaqo qarshiman. Jamoada mendan boshqa hamma juda yomon kiyinadi. Rikardo Danilo va Joze Sa kabi o‘zini eng zamonaviy deb hisoblaydi”.

     Serjiu Konseysau (“Portu” bosh murabbiyi) haqida

    “Serjiu Konseysau jamoamizga katta ta’sir ko‘rsatdi. U barchamizni o‘zgartira oldi”.

    Qarashlarining o‘zgargani haqida

    “Asosan, fikrlashimda ba’zi narsalar o‘zgardi. Ko‘proq vaqtni qadrlay boshladim. Biz futbolchilar ba’zida bor narsalarimizning qadriga yetmaymiz va ko‘plab insonlarni xursand qilishimiz mumkinligini tushunmaymiz. Menda shu narsalar ham biroz o‘zgardi”.

    Yana maydonga qaytishi mumkinligi haqida

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Maydonga qaytish to‘g‘risida gap ketganda, realist bo‘lish kerak. Men uchun ayni chog‘da eng muhimi –– sog‘lig‘im. Yurak xurujini o‘tkazganimdan keyin bir oy davomida judayam tushkun kayfiyatda yurdim. Yugurishdan, jismoniy mashqlarni bajarishdan hatto uxlashga yotishdan ham qo‘rqardim. Xayriyatki, hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Buning uchun kerakli bo‘lgan dori vositalarini qabul qilib turaman. Maydonga qaytish yoki qaytmasligimni faqat shifokorlar aytishi mumkin”.

    Kelajagi haqida

    “Hozir aniq bir narsa deyish mushkul. Ikki oy oldin Ispaniya federatsiyasi prezidentligiga nomzodligim to‘g‘risida u yerdagilar bilan gaplashgandim. Dunyodagi vaziyatni hisobga olsak, bu unchalik muhimi emas. Hozir birinchi o‘rinda insonlar salomatligi turishi lozim. Barchasi ortda qolishi bilan, qabul qilishim kerak bo‘lgan qarorga kelaman. Hozircha nomzodimni qaytarib olganim yo‘q. Ayni paytda eng muhimi odatiy turmush tarziga qaytishdir”.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    27.04.2020, 15:10   Izoh (0)   30404
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    De Bryuynedan Son Hyon Mingacha. Premyer Liga joriy mavsumining eng yaxshilari aniqlandi

    27.04.2020, 14:16

    ESPN eng mojaroli transferlar reytingini e’lon qildi. Luish Figu 2-o‘rinda

    27.04.2020, 13:15

    Chiro Immobile: Ispaniyada bo‘lgan vaqtimda Unai Emeri hech vaqoni tushunmasligini anglab yetgandim

    27.04.2020, 12:18

    Daniya Yevro—2020 musobaqasini qabul qilishdan bosh tortishi mumkin

    27.04.2020, 11:32

    Daily Mail APLning mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Undan “Liverpul”ning 7 futbolchisi o‘rin oldi

    27.04.2020, 10:34

    Ronaldu, Messi, Mane. Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumidagi eng chiroyli 10 ta gol (video)

    27.04.2020, 06:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48

    Endi oliygohlar davlatdan to‘plangan ballariga qarab pul oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:41

    Birgina reklama puliga poytaxtdan kvartira: mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha daromad oladi?

    Layfstayl | 8 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.