Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra 27-aprel kuni Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 15 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Shifo topganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 13 nafari erkak, 2 nafari ayol. Bemorlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.
Avvalroq COVID-19’dan tuzalganlar soni 789 nafarga yetgani xabar berilgan edi.
27-aprel soat 13:09 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar soni 804 nafarga yetdi. Virus aniqlangandan buyon qayd etilgan jami kasallanish holatlari esa 27-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra 1887 tani tashkil etmoqda.
Izoh (0)