Markaziy bank 27-apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,49 so‘mga tushib, 10 130,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro 65,36 so‘mga tushib, 10 960,66 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 14-aprelda O‘zbekiston banklarida dollar 9850 so‘mgacha ko‘tarilgan, kun yakunida esa 1 AQSh dollarining qiymati 10 ming so‘mdan oshgandi. Respublikadagi bir qator banklar 21-apreldan boshlab dollarni 10 150 so‘mdan sotib olib, 10 200 so‘mdan sotishni boshlagandi.
Izoh (0)