Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Chilonzor tumanida DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Euro Med Farm kompaniyasiga qarashli dorixonada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi yo‘lga qo‘yilganligi fosh etilgan.

Dorixona ko‘zdan kechirilganda 364 dona “Regapen”, 85 dona “Selofen” va 13 dona “Tropikamid” dori vositalari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlangan. Dorixona rahbari O‘.A.ning mashinasidan 1610 dona “Regapen”, 200 dona “Selofen” va 399 dona “Tropikamid” topilgan.

Surishtiruvlar jarayonida ushbu noqonuniy ishlar zanjiri fuqaro A.B.ga borib taqaldi. U tomonidan Chilonzordagi xonadonga 7600 dona “Tropikamid” dori vositasi yashirib qo‘yilgani aniqlangan. Shuningdek, A.B. ushbu dori vositalarini P.M. ismli shaxsga ham yetkazib turgan.

Natijada Chilonzorning 1-mavzesida joylashgan P.M.ga tegishli Arrakasta Group dorixonasida 100 dona “Tropikamid” dori vositasi qonunga xilof ravishda saqlanayotganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Uchtepa tumanida joylashgan Kamola-Xur Invest kompaniyasiga qarashli dorixona rahbari P.B. maxsus litsenziyaga ega bo‘lmasa-da, mijozga bir dona “Selofen” kapsulasini 20 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Dorixona ko‘zdan kechirilganda 3139 dona “Selofen” va 923 dona “Regapen” borligi aniqlangan. Umuman, o‘tkazilgan tadbirlar natijasida jami 2897 dona “Regapen”, 3425 dona “Selofen” va 8112 dona “Tropikamid” dori vositalari musodara qilingan.

Mavzuga doir: Toshkent — kayfda!

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2019-yilgi qaroriga asosan “Pregabalin”, “Zaleplon”, “Tropikamid” kabi dorilar kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan, shu bois tarkibida ushbu moddalar bo‘lgan “Regapen”, “Selofen” va “Tropikamid” dori vositalari faqat maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalarda sotilishi belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi