Toshkent tumani Oqtosh aholi punktida “Tramadol” psixotrop dori vositasining 600 dona plastinkasi chegaradan o‘tkazilishining oldi olindi. Har plastinkada 10 tadan tabletka bo‘lgan.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlaridan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, ushbu psixotrop moddalar “Fantom-4” rusumli dron yordamida O‘zbekistonga o‘tkazilgan.

“Hozirgi vaqtda psixotrop vositalarning ushlanishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi DXX tomonidan taqdim etilgan axborotda.

Dori vositalari va dron kimga tegishli ekani, gumonlanuvchilar qo‘lga olingan-olinmagani haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.