• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Epidemiya ortidan to‘kilgan qon. 1892-yili Toshkentda ro‘y bergan “Vabo isyoni” haqida

    Pandemiya holati davlatlarning boshqaruv tizimini o‘zgartirishi mumkin? Bugun dunyo mamlakatlari qanday choralarni qo‘llamoqda? Ular tarixdan o‘rnak oldimi? Savollarga javobni yana bir tarixiy voqea — Toshkentdagi “Vabo isyoni” misolida ko‘rib chiqamiz.

    Aflotun mamlakatda qonunlarni o‘zgartiradigan ikki omilni sanab o‘tadi. Biri o‘sha qonunlar muddatining tugashi bo‘lsa, ikkinchisi ommaviy bo‘ladigan to‘fon va vabo singari ofatlar. Bu yerda qonun deganda hozirgi biz tushungan tor doiradagi qonundan kengroq ma’noni, davlatning boshqaruv tizimini tushunish kerak. Bu, albatta, qonunlarga asoslanadi. Vabo qanday qilib davlatlarning boshqaruv tizimini o‘zgartirishi mumkin? Bu davlatning kasallikka qanchalik tayyor yoki tayyor emasligidan, boshliqlarning salohiyatidan kelib chiqadi.

    “Vabo isyoni”.

    “Vabo isyoni”.
    Foto: Wikipedia

    Epidemiya kasalliklariga qarshi kurashda xalqni bunday balolardan himoya qilishga qodir bo‘lmagan hukumat inqirozga uchraydi. Avvalo, xalqning hukumatdan noroziligi kuchayib borsa, kasallik oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz davlatning qulashiga sabab bo‘ladi. Davlat esa yashab qolish uchun kasallikning tarqalib ketishining oldini olish, kamroq talafotlar ko‘rish maqsadida kerakli choralar ko‘rishga majbur. Aks holda yuqorida aytganimizdek, xalq noroziligi kuchayishi oqibatida isyonlar kelib chiqish ehtimoli yuqori. Zero tarixda bunday holatlar ro‘y bergan. 1892-yilgi Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Vabo isyoni” fikrimizning isboti bo‘lib xizmat qiladi.

    Qo‘zg‘olonga sharoitning yetilishi

    XIX asr ikkinchi yarmida Toshkent ikki yirik vabo epidemiyasi girdobida qoldi. Har ikkalasida ham minglab insonlar ushbu kasallikdan vafot etdi. Ma’lumki, Toshkent 1865-yili ruslar tomonidan egallangan, 1867-yil tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining markazi edi. Toshkentning turli hududlar bilan iqtisodiy aloqalari kasallikning keng avj olishiga sabab bo‘lgan omillardan biri edi. Rossiyaning epidemiya tarqalgan hududlaridan ko‘chirib keltirilgan aholi ham kasallik kirib kelishiga turtki bergan edi.

    Rus dehqonlarining ommaviy ko‘chirib keltirilishi mahalliy iqtisodiyotga kuchli zarba berdi hamda ijtimoiy taranglikka sabab bo‘ldi. O‘zi shundoq ham mustamlakachi tuzum tomonidan mahalliy savdogarlarning rus bozorlarida savdo qilishiga qo‘yilgan taqiq va epidemiya paytidagi bozorlarning yopilishi aholining qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi. Kasallik may oyida boshlangan bo‘lsa, avgust oyiga kelib barham topdi. Chor hukumati epidemiya bilan kurashish maqsadida bir qator choralar ko‘ra boshladi.

    Lekin bu choralar ko‘proq empirik xarakterda edi. Vaholanki, bu paytda tibbiyot yuqumli kasalliklarga qarshi ancha-muncha yutuqlarga erishgandi. Shaharda amalga oshirilgan segregatsiya tartibi va tibbiy xizmatning faqatgina rus aholiga nisbatan ko‘rsatilishi kasallikning mahalliy aholi orasida ko‘proq tarqalishiga sabab bo‘ldi. (Sophie Hohmann “Gouverner face aux ‘monstres invisibles’ en Asie centrale au XIXème et XXIème siècles : du choléra au coronavirus”).

    Toshkent bozori. 1890-yil.

    Toshkent bozori. 1890-yil.
    Foto: Wikipedia

    Chor ma’muriyati aholini mavjud tartiblar bilan xabardor qilish maqsadida “Туркестанские ведомости” gazetasida o‘sha davr yangi metodlari haqida ham ikki tilda xabar chop etdi, shuningdek, qo‘zg‘olondan bir kun oldin, 23-iyun kuni, Toshkent harbiy komendanti Putinsev shahar jome masjidida Qurbon hayiti (ba’zi manbalarda Ramazon hayiti) namozidan oldin chiqish qilib, aholini mavjud tartiblarga rioya qilishga chaqirdi.

    Bundan tashqari, kasallikdan vafot etganlarning janoza namozlarisiz maxsus qabristonlarda ohak sepilgan qabrlarga ko‘mish tadbirlari, dezinfeksiya maqsadida ohak, simob xloridi singari zararli bo‘lgan vositalardan foydalanilishi oqibatida eski shahardan ko‘plab odamlarning zaharlanib o‘lishi, mahalliy aholi orasida suvning ruslar tomonidan ataylab mahalliy aholini yo‘q qilish maqsadida zaharlanayotgani haqida mish-mishlarning urchib ketishi, vafot etgan va kasallanganlarning buyumlarining yoqib yuborilishi, va’da qilingan yangi qabristonlarning yetarli darajada ochilmagani xalqning junbishga kelishiga sabab bo‘ldi.

    Isyonning borishi

    1892-yilning 24-iyun kuni erta tongdan Toshkentda 400 kishini jamlagan qo‘zg‘olon boshlandi. Qo‘zg‘olonchilar dastlab shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub Karimberdining ruslarga yashirin dafn marosimlari haqida xabar yetkazganini eshitib, yangi shahardagi shahar ma’muriyati binosiga tayoq, ketmon, o‘roq kabi qurollar bilan qurollanib hujum uyushtirdi. Hujum natijasida Putinsev ham, Muhammad Yoqub ham yaralandi. Qo‘zg‘olonchilar shahar oqsoqoliga tosh yog‘dirdi. Bu esa “Toshotar voqeasi” nomi bilan tarixda qoldi.

    Putinsev maxsus rota chaqirishga majbur bo‘ldi va qo‘zg‘olon bostirildi. Qo‘zg‘olonchilar qochishga tushib, ko‘pchilik o‘zini shaharni ikkiga bo‘lib turgan anhorga tashladi. Keyinchalik anhordan 80 kishining jasadi topilgan. Bu paytda Chimyonda dam olishda bo‘lgan general-gubernator Aleksandr Vrevskiy 25-iyun kuni shaharga yetib keladi. Eski shaharga 200 kishilik kazak otryadi va to‘rtta rota yuboriladi. Askarlar 30-iyungacha shaharda qoladi. Shu yilning dekabr oyida okrug sudida qo‘zg‘olonchilar sud qilinadi. 60 kishi sudga tortilgan bo‘lsa, shulardan sakkiztasi o‘lim jazosiga, ikkitasi Sibirga surgun etiladi hamda 15 kishi turli muddatlarga qamoqqa hukm qilinadi.

    Foto: Wikipedia

    O‘sha davrda yashagan guvohlarning aytishiga qaraganda, qo‘zg‘olonchilarda dastlab hujum qilish niyati bo‘lmagan, ularda qurol ham yo‘q edi. Ularning talabi mahalliy aholiga nisbatan bo‘layotgan kamsitishlar, zo‘ravonliklar, narxlarning oshishi kabi bir qator muammolarga qarshi chora ko‘rishni so‘rab shahar hokimiga murojaat qilish bo‘lgan. Ammo Putinsevning qurolsiz olomonga qarshi kuch ishlatish haqidagi buyrug‘idan keyin ular toshlar bilan hujumga o‘tishgan. Hokimiyat binosi vayron etilib, shahar oqsoqolining uyiga o‘t qo‘yilgan.

    Isyonning oqibatlari

    “Vabo isyoni” o‘sha paytdagi Chor ma’muriyatining o‘lkada olib borayotgan siyosati zo‘ravonlik ustiga qurilganini ko‘rsatib berdi. Albatta, bu borada mahalliy va rus tarixchilarining xulosalari turlicha va bir-biridan keskin farq qiladi. Ayrimlar isyonni milliy ozodlik kurashlarining debochasi deb hisoblaydi. Qo‘zg‘olon nimalarni o‘zgartirdi?

    Qo‘zg‘olon rus ma’murlarini tashvishga solib qo‘ydi. General-gubernator markazdan politsiya shtatini ko‘paytirish va jazo vakolatlarini kengaytirishni so‘radi. Peterburg ushbu istaklarni qabul qildi va mustamlakachi ma’murlarga kengaytirilgan vakolatlar berildi. General-gubernator “qattiq qo‘riqlanadigan hudud” deya e’lon qilingan hududlarda namoyish va yig‘ilishlarni tarqatib yuborish, tijorat korxonalarini yopish, matbuotni taqiqlash, jarimalar joriy qilish, xohlagan kishini surgun qilish va boshqa huquqlarni qo‘lga kiritdi.

    “Favqulodda qo‘riqlanadigan hudud”larda hokimiyat to‘liq general-gubernatorga yoki u tomonidan tayinlangan o‘rinbosarga topshirildi. Shuningdek, qo‘zg‘olonning kuch va qon bilan bostirilgani mustamlakachilarning o‘z manfaatlari himoyasi yo‘lida har qanday yo‘ldan qaytmasliklarini ko‘rsatib berdi. Bu yo‘lda ular mahalliy xalqning an’analarini, e’tiqodlarini, milliy qadriyatlarini oyoqosti qilishdan ham tap tortmasliklari ayon bo‘ldi. Bu bilan ular o‘lkaning haqiqiy hokimi kim ekanini ko‘rsatishga uringan bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq emas.

    Xulosa o‘rnida

    Bunday qo‘zg‘olonlar mamlakat hukumati tomonidan qabul qilinadigan noto‘g‘ri qarorlarning natijasi ham bo‘lishi mumkin. Jumladan, yosh rus olimi Vladimir Xavkin 1892-yilda Paster institutida vabo epidemiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqib, uni sinab ko‘rish maqsadida Chor hukumatiga murojaat qiladi. Ammo Rossiya bu taklifni rad etadi. Rad etishining sababi esa gigiyenachilar va bakteriologlar o‘rtasidagi kelishmovchilik deb hisoblanadi.

    Toshkent. Eski shahar bosh ko'chasi.

    Toshkent. Eski shahar bosh ko'chasi.
    Foto: Wikipedia

    Rossiyalik gigiyenachilar Pasterning tadqiqotlari Rossiyaning sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlariga soya solishidan xavfsirar edi. Xavkin ixtirolaridan Buyuk Britaniya yaxshigina foydalandi. Keyinchalik u Hindistonda ham bir vaksina amaliyotlarida ishtirok etdi. (HUTCHINSON J. F., Tsarist Russia and the Bacteriological Revolution, Journal of the History of Medicine and Allied Sciences, 1985, n°40, pp. 420-439). Rossiya ham Buyuk Britaniya kabi yo‘l tutishi mumkin edi. Ko‘pincha Markaziy Osiyodagi rus boshqaruv tizimi Hindistondagi ingliz boshqaruv tizimi bilan solishtiriladi. Sababi ikki imperialistik davlat XIX asrda Markaziy Osiyoda hukmronlikni qo‘lga olish uchun o‘zaro kurash olib borgan.

    Xalq uchun qiyin bo‘lgan epidemik vaziyatlar mustamlakachi hukumatning mustamlaka aholiga nisbatan munosabatlarining asl qiyofasini ochib berishda yaxshigina vosita bo‘lib xizmat qildi. Chor ma’muriyati epidemiya paytida majburiy, eski tajribaga asoslangan choralar o‘rniga zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan foydalanganida, to‘g‘ri qarorlar qabul qilganida mahalliy aholi uchun ham tibbiy xizmatni joriy qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yishda “Vabo isyoni” yuz bermasligi mumkin edi.

    Mahalliy aholining biomeditsinaga qamrab olinishi XX asr boshiga kelibgina yuz berdi. Bunda rossiyalik progressiv qarashdagi shifokorlarning Fransiyaning mag‘ribdagi koloniyalaridagi sog‘liqni saqlash tizimidagi tajribalaridan foydalanishlari sabab bo‘ldi. (Sophie Hohmann, Santé et pouvoir en Ouzbékistan. De la colonisation russe aux transformations post-soviétiques, Editions Petra, Paris, 2014, 321 p., Бройдо С., 1906 : “Организация подачи медицинской помощи туземцам во французских колониях”, Русский врач, n°34, pp. 1055-1057).

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    24.04.2020, 08:16   Izoh (0)   200933
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35

    AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

    Dunyo | 11 may, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.