“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo va “Vest Hem” ustozi Devid Moyes koronavirus pandemiyasi sabab joriy qilingan karantin vaqtida volontyorlik qilmoqda, deya xabar qilmoqda ESPN.
Moyes Lankashirda joylashgan qishloqdagi qariyalarga oziq-ovqat yetkazib beruvchi haydovchi sifatida ishlamoqda.
“Bu qishloqda koronavirus bilan kasallanganlar borligi e’lon qilingan paytda oziq-ovqat do‘konida edim. U yerdagi peshtaxtaga haydovchilar kerakligi yozilgan ekan. Ko‘ngilli sifati yordamlashdim. Sabzavot va mevalar solingan idishlarni olib borar, eshikni taqillatib, keyin ketardim. Odamlarga yordam berish juda yoqdi”, — deydi Moyes.
Mourinyo esa “Tottenhem” mashg‘ulot bazasidan klub stadioniga oziq-ovqat tashimoqda. Mashg‘ulotlar markazida sabzavot maydonlari va meva bog‘lari mavjud. “Tottenhem” stadioni esa ayni damda inqiroz paytida oziq-ovqatlarni taqsimlash markaziga aylantirilgan.
Buyuk Britaniyada 24-aprel holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 138 mingdan oshdi. 18,7 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)