“Manchester Siti” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Gabriel Jezus koronavirusga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shdi.
Sport Witness nashrining xabar qilishicha, futbolchi Braziliyadagi xarobalarda yashovchi aholiga uch tonna oziq-ovqat mahsulotlari tarqatgan.
Jezus Braziliyada koronavirusga qarshi kurash uchun tashkil etilgan shou efirida xayriyani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi San-Pauludagi xarobalarda ulg‘aygan.
Braziliyada 24-aprel holatiga koronavirus yuqtirib olganlar soni 50 mingdan oshdi. 3,3 ming nafarda ziyod kishi vafot etgan, 26,5 mingdan ortiq kishi virusni yengib o‘tgan.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)