Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik yakkakurashchi Toni Fergyuson yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov borasida keskin fikrlar bildirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Fikrimcha, uning ketish vaqti keldi va u bu ishni bajardi. Gap UFC’da emas, Habib buni o‘zi anglab turibdi. U qaltiroq oyoqlari orasiga dumini qisgan itdek qochib qoldi.

Jahonda ko‘p voqealar bo‘lmoqda, umid qilamanki, hozir Habib o‘z oilasi bilan va xavfsizlikda. Ularda hammasi joyida deb umid qilaman. Gap uning oilasi haqida borganda, men hech qachon kimnidir haqorat qilishga urinmayman. Unda shug‘ullanish uchun sharoit borligiga ishongim keladi”, — deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasidagi jang 18-aprel kuni Nyu-Yorkdagi UFC 249 kechasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Mart oyida Habib va uning jamoasi AQShdagi mashg‘ulot bazasini tark etib Rossiyaga keldi hamda aprelning boshlarida karantin sabab mamlakatni tark etolmasligini ma’lum qildi. Shu tariqa mazkur jangchilar ishtirokidagi to‘qnashuv beshinchi marta bekor bo‘ldi.

UFC esa musobaqani bekor qilmadi va Nurmagomedov o‘rniga Jastin Getji ishtirok etishini ma’lum qildi. Biroq keyinchalik UFC 249 musobaqasi koronavirus sabab qoldirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)