• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangiyo‘l shahrida tunda qurol ko‘tarib yurgan shaxslar qamoqqa olindi

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 15-aprel, chorshanba kuni, tunda miltiq ko‘tarib yurgan va daydi itlarni otayotgan shaxslar haqida xabar tarqalgandi.

    Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv bo‘limi va Yangiyo‘l shahar IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu notanish kishilar Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1976-yilda tug‘ilgan D.S., 1982-yilda tug‘ilgan A.X. va 1983-yilda tug‘ilgan A.K. ekanligi aniqlangandi.

    Foto: Toshkent viloyati IIBB

    Foto: Toshkent viloyati IIBB

    Oliy sud matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ularga sud hukmi e’lon qilindi.

    Ma’lum bo‘lishicha, 14-aprel, seshanba kuni, soat 21:00 larda D.S. qo‘shnilari A.X. va A.K. bilan birga kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan karantin qoidalarini buzib, Yangiyo‘l shahar Navro‘z dahasi hududida 2 dona Hatsan Striker nomli sport pnevmatik miltig‘ini olib yurib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, ushbu tir miltiqlari bilan it ovlab, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan.

    Ular suhbat jarayonida o‘zlariga tegishli bo‘lgan sport pnevmatik (tir) miltiqlarini Toshkent shahridagi “Dinamo” sport do‘konidan hujjatlar asosida rasmiylashtirib olganligini va karantin davrida yosh bolalari uyda bo‘lganligi sababli xavfsizlik yuzasidan ushbu qurollarni tanishi “Ulug‘bek” ismli shaxsning uyiga olib ketayotganligini va jonivorlarga qarata o‘q otmaganligini bildirgan.

    18-aprel, shanba kuni, Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar ma’muriy sudi sud ishida D.S, A.X. va A.K. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 54-moddasi 2-qismi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish) bilan aybli deb topilgan.

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish)ga asosan, D.S. va A.X. ga 15 sutkadan, A.K.ga 5 sutka ma’muriy qamoq, shuningdek, ularning har biriga 4 million 460 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

    Ashyoviy dalil sifatida olinib, ma’muriy ishga ilova qilingan ikki dona Hatsan Striker nomli sport pnevmatik miltig‘ini esa yo‘q qilish belgilangan.

    Mavzuga doir: 

    • Ohangaron karantin postida soxta podpolkovnik qo‘lga tushdi (video)
    • Farg‘onada karantin postidagi IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan mast “bankir” 15 sutkaga qamaldi

    20.04.2020, 17:58   Izoh (0)   29127
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Harbiy xizmatni o‘tash yoshiga yetgan fuqarolar karantindan so‘ng xizmatga chaqirilishi mumkinligi aytildi

    20.04.2020, 17:46

    Toshkentda koronavirusga chalingan yana 23 nafar bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 261 kishiga yetdi

    20.04.2020, 17:34

    Agar biz hozir harakatlanmasak, asalarilar umuman yo‘q bo‘lishi mumkin — Toshkent viloyati asalarichilari transport harakati uchun hukumatdan yordam so‘ramoqda

    20.04.2020, 17:11

    Karantinda bo‘lganlar harbiy xizmatga qabul qilinadimi? Xizmatni o‘taganlar uyga qayta oladimi? Mudofaa vazirligi izoh berdi

    20.04.2020, 16:59

    O‘zbekistonda 20 kun ichida karantin qoidalarini buzgan 918 kishi sudlandi, 421 kishi 246 mln so‘m jarimaga tortildi

    20.04.2020, 16:47

    O‘zbekistonda pandemiya sabab foydalanilmayotgan yerlar aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun berilishi kutilmoqda

    20.04.2020, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Simone Inzagi: “Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”

    Sport | 28 iyun, 14:22

    Oliy sud binosida elektr ta’minoti tiklangani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:15

    Avval fantastikadek tuyulgan endi esa haqiqatga aylangan 5 ta kino prognozi

    Kino | 28 iyun, 13:50

    G‘azo hokimiyati: Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

    Dunyo | 28 iyun, 13:10

    Odamlar bilan doimiy muloqot qilishni talab etadigan ish sog‘liq uchun xavfli ekanligi aniqlandi

    Layfstayl | 28 iyun, 12:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.