• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Millionlab infeksiya tashuvchiga tashxis qo‘yilmaganmi? Matematik modellashtirish orqali pandemiyaning aniq manzarasi olindi

    Bugun tibbiyot muassasalariga tushayotgan favqulodda katta yuklama tufayli COVID-19 bo‘yicha jahon bo‘ylab olinayotgan rasmiy statistika amaldagi real holat bilan tafovutga ega bo‘lib qolmoqda. Naked-science.ru nashrining xabar berishicha, buni to‘g‘irlash uchun olimlar matematik modeldan foydalanishni taklif qildi. “Daryo” maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi.

    Foto: Ahval

    Foto: Ahval

    Koronavirus bilan kasallanishlar sonining aniq hisob-kitobini yuritish diagnostika va pandemik vaziyatni real baholash uchun katta imkoniyat yaratadi va u orqali holatni tahlil qilib, tegishli tayyorgarlik ishlarini tashkillashtirish mumkin. Biroq Infection Control and Hospital Epidemiology jurnalida e’lon qilingan maqolada Vashington universiteti professori Stiven Krants tomonidan ta’kidlanishicha, hozirgi vaziyatda diagnostika qilingan infeksiya yuqtirishlar soni va tuzalgan hamda vafot etganlar sonini yuritishda asl real holatdagidan ko‘ra farqlar bo‘lishi mumkin. U matematik modelni qo‘llash orqali pandemik vaziyatning yanada aniq manzarasini olish kerak, deya taklif qilmoqda.

    Maqolada keltirilishicha, matematik model klinikalar tomonidan qayd qilinmay qolib ketgan bemorlar sonini (kasallik simptomlarsiz kechgani tufayli sezilmay o‘tib ketgan va shu sababli statistikada qayd qilinmagan yuqtirganlar soni) e’tiborga olmasdan ham vaziyatni aniq baholash imkonini beradi. Hisob-kitoblar xolis bo‘lishi uchun modellashtirishda imkon qadar ko‘proq qo‘shimcha omillarni inobatga olish kerak bo‘ladi. Bunday omillarga, xususan, aholi zichligi va muayyan hududlardagi aholining yosh toifasiga ko‘ra strukturasi kiradi.

    “Pandemiyaga amaliy tayyorgarlik qancha kasal qayd qilinganidan qat’i nazar aholi orasidagi real vaziyatdan kelib chiqishi kerak”, – deb fikr bildirgan maqola hammualliflaridan biri, matematik modellashtirish mutaxassisi Srinavasa Rao. “Ko‘rsatkichlar qanchalik aniq bo‘lsa, biz pandemiya borasidagi real vaziyat qanday ekanini bilib boramiz, virusli pandemiya yana qancha davom etishini baholashimiz mumkin bo‘ladi. Real voqelikka imkon qadar yaqin olingan ma’lumotlar esa hukumat vakillariga va tibbiyot tizimiga aynan qanday ssenariyga tayyorgarlik ko‘rish kerakligini tushunishga yordam beradi”, – deya qo‘shimcha qilgan u.

    Tadqiqotchilar o‘zlari taklif qilgan matematik modelda JSST tomonidan taqdim etilgan infeksiyani yuqtirish bo‘yicha jahon bo‘ylab qayd qilingan holatlar statistikasidan foydalangan. Shuningdek, ular muayyan hududlardagi aholi zichligi va yosh strukturasiga oid ma’lumotlarni modelga tatbiq etgan. Unda aholi uch xil yosh toifasi bo‘yicha guruhlarga ajratilgan bo‘lib, bu guruhlar 0-14 yoshli aholi soni, 15-64 yoshli aholi soni va 65 yosh va undan kattalar sonini qamrab oladi. Matematik modelda “yuqtirish ehtimoli” parametri ham kiritilgan. Bundan tashqari, modelda yuqtirganlar sonining kuniga 10 nafardan ortganidan boshlab, eng cho‘qqisiga chiqishigacha bo‘lgan vaqt orasida qancha odam kasallanishini aniqlovchi ssenariy nazarda tutilgan.

    Amalga oshirilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Italiyada 9-martgacha bo‘lgan paytda ro‘y bergan har to‘rtta real yuqtirish soniga faqat bitta qayd etilish soni to‘g‘ri keldi (aslida, to‘rtta yuqtirganlardan amalda faqat bittasi aniqlangan xolos). Mutlaq ifodada esa bu ko‘rsatkich o‘sha paytda Italiyada 30 223 nafar kasal yuqtirgan odam aniqlanmay qolib ketgan, degani bo‘ladi. Bu esa Italiyaning nega bu qadar mushkul ahvolga tushganiga izoh bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay maqola mualliflarining fikricha, Italiyadagi aholi zichligining juda katta ekani va urbanizatsiya darajasining yuqoriligi inobatga olinsa, Italiya sog‘liqni saqlash tizimi aslida yomon ishlamadi deyish mumkin edi.

    Model Janubiy Koreya uchun ham taxminan shunday natijani taqdim etdi. U yerda ham aniqlangan bemorlar soni infeksiyani yuqtirib tashib yurganlarning real sonining chorak ulushini tashkil etadi xolos. Boshqa davlatlarda esa ahvol bundan ham yomon ekanini model ko‘rsatib berdi. Masalan, matematik model taqdim qilgan natijaga ko‘ra, 19-mart sanasiga kelib Ispaniyada aniqlangan bemorlar soni real miqdordan ko‘ra 53 marta kam bo‘lgan! Koronavirus yuqtirgan va uning tashuvchisi bo‘lgan har 53 ta odamdan faqat bittasini tibbiyot tizimi qayd etgan xolos.

    Bu o‘sha payt Ispaniyada 87 405 ta infeksiya tashuvchi aniqlanmay qolib ketgan deganidir. Model Xitoydagi real vaziyat bundan ham yomon bo‘lgan degan xulosani berdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u yerdagi real holat va aniqlangan holatlar nisbati birga 104 dan ortiq va hatto birga 149 ta bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Agar haqiqatan ham shunday bo‘lgan bo‘lsa, demak, Xitoyda millionlab infeksiya tashuvchilariga tashxis qo‘yilmasdan qolgan bo‘lib chiqadi.

    Diagnostika borasida eng yaxshi ko‘rsatkichlardan birini ushbu infeksiyadan bugun hammadan ko‘p jabr ko‘rayotgan davlat – AQSh qayd etdi. Rao taklif qilayotgan matematik modelga ko‘ra hisoblashlar AQShda 6-aprel holatiga real kasallanganlarning uchdan ikki qismi aniq qayd etilgani va tegishli diagnostika bilan ta’minlanganini ko‘rsatdi. Bu butun AQSh bo‘ylab aniqlanmay qolib ketgan tashuvchilar 194 ming atrofida bo‘ladi demakdir.

    Mavjud ma’lumotlarning noaniqligi yoki real holatdan farq qilishi nafaqat COVID-19 pandemiyasi uchun, balki boshqa yana ko‘plab infeksion xastaliklar uchun ham og‘riqli muammodir. Olimlar taklif etayotgan yuqoridagi matematik modellashtirish metodikasi dunyo bo‘ylab tibbiyot sohasi mutaxassislariga muammoning ko‘lamini to‘liqroq baholash va epidemiya manzarasini mukammalroq tasavvur qilish imkonini berishi mumkin. U orqali voqealar rivojiga mos tayyorgarlik va oldindan choralar ko‘rish orqali o‘limlar sonini kamaytirish mumkin bo‘ladi.

    16.04.2020, 08:00   Izoh (0)   99031
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Londonda COVID-19 bilan kasallangan er uydan ketishini talab qilgan rafiqasini urib o‘ldirdi

    16.04.2020, 07:10

    Chilida koronavirusdan o‘lganlar soni tuzalganlar statistikasiga qo‘shib hisoblanmoqda

    16.04.2020, 06:57

    AQShda koronavirusga qarshi o‘tkazilayotgan testlar soni keskin qisqardi

    16.04.2020, 06:28

    Qozog‘istonda tibbiy niqob va qo‘lqoplar utilizatsiya qilinmoqda

    16.04.2020, 06:14

    Braziliyada 99 yoshli urush faxriysi koronavirusdan tuzaldi

    16.04.2020, 05:43

    Koronavirus sababli amerikaliklarga beriladigan cheklarga Donald Trampning ismi tushiriladi

    16.04.2020, 02:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.