Islandiya o‘rmon xizmati aholiga karantin tufayli odamlarni quchoqlashga qo‘yilgan taqiq tugagunicha daraxtlarni quchoqlab turishni taklif qildi, deb yozadi Esquire.
Mamlakat sharqidagi Xallormsshtadur o‘rmoni xodimlari aholining boshqa mehmonlarga yaqin bormay ochiq osmon ostida sayr qilishlari uchun qorli yo‘laklarni tozalamoqda.
“Siz daraxtni quchoqlaganingizda uni dastlab oyoq barmoqlaridan boshlab his etasiz, keyin bu tuyg‘u oyoqlar orqali ko‘krakka, keyin esa boshga o‘tadi. Bu judayam ajoyib tuyg‘u, u sizni yangi kunga va yangi sinovlarga tayyorlaydi”, — deydi o‘rmon xodimlari.
Mutaxassislar odamlarga birinchi uchragan daraxt oldida to‘xtamasdan o‘rmon ichkarisiga kirishni tavsiya etgan. Chunki o‘rmonga kiraverishdagi daraxtni bir necha kishi quchoqlagan bo‘lishi mumkin. O‘rmon xo‘jaligi xodimlarining aytishicha, inson o‘zini yaxshi his etishi uchun bir kunda besh daqiqa davomida daraxtni quchib turish yetadi.
“Daraxt katta bo‘lishi shart emas, u istalgan o‘lchamda bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)