Janubiy Afrikada joylashgan Umkomaas shahri yaqinidagi Alival sayoz suvliklarida akulalar dressirovkachisi va g‘avvos Uolter Bernardis yirik akulani trans holatiga tushirib, uning jag‘iga ilinib qolgan baliqchilarning ilmog‘ini olib tashladi, deb xabar beradi Daily Star.
Erkak qora qanotli akulaning jag‘iga ilinib qolgan ilmoqni ko‘rib qolib, unga yordam berishga qaror qilgan. G‘avvos 90 kilogrammli baliqning qorin qismini tepaga qaratib ag‘darganida u tanatoz holatiga tushib qolgan.
Bernardis 2,5 metrli yirtqichning jag‘idan baliqchilarning ilmog‘ini olib tashlab, baliqni qo‘yib yuborgan. U trans holatidan chiqib, suzib ketgan.
Butun jarayonni britaniyalik suratkash Garri Stoun tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan. U Bernardisning akulalarni trans holatiga tushirishini kuzatish doim zavq bag‘ishlashini ta’kidlagan.
Izoh (0)