• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy bank asosiy stavkaning 15 foizga tushirilishi yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining 14-apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi. Markaziy bankning qayd etishicha, ushbu qaror tashqi va ichki talabning qisqarishi sharoitida iqtisodiy faollikning sekinlashuvini hisobga olib inflyatsiya prognozlarini pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqilganligi bilan izohlanadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2020-yilning ikkinchi choragida va yil so‘ngiga qadar inflyatsiya darajasiga talab omillari tomonidan bosim mo‘’tadillashishi va kamayishini inobatga olib, inflyatsiyaning yangilangan prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 2020-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi dastlabki prognozdan (12—13,5 foiz) 1 foiz bandga pasayib 11—12,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

    Boshqaruvning 5-martdagi yig‘ilishida tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish va koronavirus pandemiyasining inflyatsiyaga taklif omillari orqali ta’siri bilan bog‘liq naoniqliklarning saqlanib qolishi sharoitida asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilgan edi.

    Tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish muddatlarining o‘zgartirilishi hamda joriy iqtisodiy sharoitlar koronavirus pandemiyasining inflyatsiya darajasiga ta’siri ko‘proq talab omillari tomonidan bo‘layotganligin va kelgusida ushbu omillarning pasayuvchi xarakterga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10,1 ming so‘mdan oshdi

    Iqtisodiy faollik va makroiqtisodiy prognozlar

    2020-yilning mart oyidan boshlab jahonda va asosiy savdo-hamkor davlatlarda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan choralarning kuchaytirilishi, neft narxining pasayishi, talab hajmining qisqarishi natijasida iqtisodiy o‘sish va faollik ko‘rsatkichlarining pasayish prognozlari kuchayib bormoqda.

    Iqtisodiy faollikning pasayishi va aholi daromadlarining qisqarishi, o‘z navbatida, ichki talabning sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.

    Koronavirus pandemiyasining davomiyligi va global iqtisodiyotga ta’siri bo‘yicha noaniqliklarning yuqoriligi sharoitida O‘zbekiston YaIM real o‘sishining 2020-yil bo‘yicha bazaviy prognozlarini qayta ko‘rib chiqish qo‘shimcha tahlillarni taqozo etmoqda. Bu boradagi Markaziy bank xulosalari tahliliy hisob-kitoblar yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinadi.

    Iqtisodiy faollikning pasayishi, birinchi navbatda, bank tizimi orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar sonida o‘z aksini topmoqda. Xususan, 2020-yil mart oyida banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga qisqardi.

    2020-yil aprel oyining dastlabki 10 kunligida to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan to‘lov tranzaksiyalari hajmi ham mart oyining mos davriga nisbatan 25,9 foizga kamaydi.

    Shuningdek, O‘zbekiston tovar xomashyo birjasida amalga oshirilgan bitimlar sonida ham sezilarli darajada pasayish kuzatildi. Xususan, aprel oyining dastlabki ikki haftasida amalga oshirilgan xaridlar summasi mart oyining mos davriga nisbatan 28 foizga kamaygan.

    Iqtisodiyotni kreditlash faolligida ham ma’lum bir pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2020-yil yanvar—aprel oylarida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar qoldig‘i o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foiz bandga sekinlashib, 7 foizni tashkil etdi.

    Banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning 16,4 trillion so‘mlik kreditlari bo‘yicha to‘lov muddatlari uzaytirib berildi. Bu, o‘z navbatida, banklarga pul oqimlarining kirib kelishi tomonidan ularning kreditlash imkoniyatining ma’lum bir darajada qisqarishiga olib keladi.

    Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar

    Inflyatsiya darajasi dastlabki prognoz ko‘rsatkichlaridan tezroq sur’atlarda pasayayotgani kuzatilib, 2020-yilning mart oyida yillik inflyatsiya 13,6 foizni tashkil etdi.

    2020-yil birinchi choragida iste’mol narxlari oshishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 foiz bandga sekinlashib, 2,8 foizga teng bo‘ldi va dastlabki prognozlarga nisbatan 0,5 foiz bandga pastni tashkil etdi.

    Bu, asosan, mazkur davrda ayrim tartibga solinadigan narxlarning o‘zgarishsiz saqlanib qolinganligi hamda yanvar—fevral oylarida almashuv kursining deyarli barqaror bo‘lganligi hisobiga bazaviy inflyatsiya darajasining sekinlashishi bilan izohlanadi.

    Mart oyida aholining inflyatsion kutilmalari 15,5 foiz darajada o‘zgarishsiz saqlanib qoldi. Iqtisodiyotda kelgusida inflyatsiya darajasining pasayishi va karantin bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi, o‘z navbatida, inflyatsion kutilmalarning pasayishiga xizmat qiladi.

    Inflyatsiya prognozi

    Iqtisodiyotdagi joriy va kutilayotgan sharoitlarni hisobga olgan holda inflyatsiyaning yangilangan prognoz ko‘rsatkichlariga asosan 2020-yil oxiriga inflyatsiya 11—12,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda va bu quyidagilar bilan izohlanadi.

    Birinchi navbatda, tashqi va ichki iqtisodiy faollikning pasayishi aholining daromadlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, iste’mol savatidagi aksariyat birlamchi zaruriy mahsulotlar guruhiga kirmaydigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning sezilarli qisqarishiga olib keladi.

    Ikkinchidan, bir qator asosiy iste’mol tovarlar va ularning xomashyolari importiga 2020-yil 31-dekabriga qadar bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilandi, bu karantin davrida talab yuqori bo‘lgan tovarlar narxlarining o‘sishini oldini oladi.

    Uchinchidan, jahon bozorlarida energiya resurslari narxlarining pasayishi hisobiga narxlarning erkinlashtirilishi islohoti doirasida 2020-yilda ko‘zlangan energiya resurslari narxlari oshirilishining navbatdagi bosqichi kechiktirilishi yoki ichki narxlarni oshirmagan holda erkinlashtirilishi natijasida ushbu omillar 2020-yilda inflyatsiya uchun oshiruvchi xususiyat kasb etmaydi.

    To‘rtinchidan, karantin sharoitida ma’lum bir oziq-ovqat mahsulotlari va zarur iste’mol tovarlari narxlarida kuzatilayotgan o‘sish dinamikasi vaqtinchalik bo‘lib, kelgusi oylardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yangi hosilining chiqishi hamda hukumatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlari natijasida bozorlarning ushbu tovarlar bilan to‘yinishi ular narxlarlarining barqarorlashishiga xizmat qiladi.

    Shuningdek, inflyatsiyani pasaytiruvchi mazkur omillar, o‘z navbatida, milliy valyuta devalvatsiyasining ichki narxlarga salbiy ta’sirini yumshatish imkonini beradi.

    O‘z o‘rnida, Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralari neytralligi tamoyili asosida almashuv kursining fundamental trendiga ta’sir ko‘rsatmagan holda amalga oshiriladi.

    Pul-kredit sharoitlari

    2020-yil mart—aprel oylarida bank tizimida likvidlik darajasi Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan pul-kredit operatsiyalari ta’sirida shakllanib, bank tizimi barqarorligini ta’minlash uchun yetarli darajada bo‘ldi.

    Pul-kredit operatsiyalaridan tijorat banklariga ham likvidlik taqdim etish ham ortiqcha likvidlikni jalb qilish maqsadida foydalanilishi bank tizimida likvidlikning bir maromda qayta taqsimlanishiga va pul bozoridagi foiz stavkalarining Markaziy bank foiz koridori doirasida shakllanishiga xizmat qildi.

    2020-yilning mart oyida pul bozoridagi o‘rtacha tortilgan foiz stavka 16,0 foizni va aprel oyining o‘tgan davrida 16,6 foizni tashkil etdi.

    2020 yilning o‘tgan davri mobaynida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari qoldig‘i 10,2 foizga (714 milliard so‘mga) oshgan bo‘lsa, xorijiy valyutadagi muddatli depozitlari qoldig‘i 1,2 foizga (67 milliard so‘mga) kamaydi.

    O‘z navbatida, inflyatsiya darajasining pasayishi sharoitida asosiy stavkaning tushirilishi iqtisodiyotda real foiz stavkalar ijobiyligini va milliy valyutadagi depozitlarning jozibadorligini saqlab qolishga xizmat qiladi.

    Noaniqlik va xatarlar

    Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’sir ko‘lami va davomiyligi bo‘yicha noaniqlar saqlanib qolmoqda.

    Tashqi iqtisodiy sharoitlarining yomonlashishi sharoitida O‘zbekistonga kirib keladigan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori yil yakunlari bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada qisqarishi kutilmoqda.

    Bunda, Markaziy bank tashqi va ichki sharoitlar ta’sirida inflyatsiyaning omillari va xatarlari xususiyatini chuqur o‘rganishda davom etadi hamda inflyatsiya prognoz dinamikasining shakllanishidan kelib chiqib asosiy stavka darajasi bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilib boradi.

    Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha oraliq majlisi 2020-yilning 11-iyun kuniga rejalashtirilgan. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha press-reliz e’lon qilinadi.

    15.04.2020, 11:28   Izoh (0)   19424
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10,1 ming so‘mdan oshdi

    15.04.2020, 10:47

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1214 nafarga yetdi

    15.04.2020, 10:00

    “Xavfsiz yordam” loyihasi doirasida O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ming nafar ayolga 1 mln so‘mdan o‘tkazib beriladi

    15.04.2020, 09:36

    O‘zbekistonda mahalliy dizel narxi 30 foizga arzonlashdi

    15.04.2020, 09:10

    O‘zbekiston DXMlaridagi ayrim xizmatlarni o‘z tashkilotlariga qaytarish taklif qilindi

    15.04.2020, 08:42

    “Ko‘rshapalaklarning koronavirusni chaqiradigan turi O‘zbekistonda uchramaydi” — Bahrom Almatov

    15.04.2020, 08:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.