Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 kishidan oshib ketdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Hozirga qadar Qozog‘istonda koronavirus oqibatida olti kishi vafot etdi, 51 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi.
“Bugungi kunga kelib mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 704 ta holat qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 8-aprel tongida infeksiya bilan kasallanish bo‘yicha yana yettita holat qayd etilgan: Qizilo‘rda viloyatida — uchta va Atirau viloyatida esa to‘rtta holat.
Avvalroq Qozog‘istonda tibbiyot xodimlarining 120 nafari koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 8-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 534 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan beri 30 kishi kasallikdan sog‘aydi, ikki kishi kasallik qurboni bo‘ldi.
Izoh (0)