Daryo

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 5 taga ko‘payib, 30 kishiga yetdi

Ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi

1 daqiqa o‘qish257 712 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: SSV matbuot xizmati

5-aprel, yakshanba kuni, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolardan yana 5 nafari butunlay sog‘aydi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Mavzuga doir: O‘rta Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqariladi

Foto: SSV matbuot xizmati

“Tuzalganlarning kun sayin ko‘payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining, shuningdek, boshqa hududlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan, shu bilan birga, karantinga olingan 100 mingdan ziyod fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olgan barcha-barcha tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam”, — deyiladi xabarda.

Foto: SSV matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 2-aprel, payshanba kuni, koronavirusga chalingan bemorlarning 13 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga chiqarilgandi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan jami 298 nafar bemordan 30 nafari butkul sog‘aydi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar