Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni o‘tgan bir sutka ichida 42 kishiga ko‘payib, 270 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatdagi COVID-19’ga qarshi kurash shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“8-aprel holatiga ko‘ra yana 42 kishida koronavirus aniqlandi”, — deb xabar beradi shtab vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikni yuqtirib olganlarning 13 nafari tibbiyot xodimlari.
Shunday qilib Qirg‘izistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 270 kishiga yetdi, ularning 30 nafari shifokor. To‘rt kishi vafot etgan.
Koronavirus pandemiyasi sabab mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. Qirg‘izistonning yirik shaharlari aholisiga soat 20:00 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlangan, mamlakatdan un va makaronlarning olib chiqib ketilishiga, Bishkekda shaxsiy avtomobildan foydalanishga taqiq qo‘yilgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)